REFORMATSIYA
REFORMATSIYA (lot. reformation – o’zgartirish, isloh qilish) — XVI asrda G’arbiy va Markaziy Yevropada tarqalgan ijtimoiy harakat. Asosan, zamindorlarga qarshi xarakterda bo’lib, katolik cherkovi (zamindorlarning asosiy g’oyaviy tayanchi)ga qarshi kurash tusini oldi. 1517-yil Germaniyada M.Lyuterning katolik cherkoviga qarshi chiqishi bilan boshlangan. Reformatsiya mafkurachilari katolik cherkovi, uning ierarxiyasi va umuman ruxoniylarning zarurligi amalda inkor qilingan g’oyalarni ilgari surdilar; katoliklarning Muqaddas rivoyati rad qilindi, cherkovning yer boyliklari va boshqaga bo’lgan huquqlari inkor etildi.