Refraktometrlar
Refraktometrlar — qattiq va gazsimon moddalarning yorug’lik sindirish ko’rsatkichi aniqlanadigan asboblar. Laboratoriya va sanoat Refraktometrlari mavjud. Sanoat Refraktometrlari refraktometrik datchik ham deyiladi. Laboratoriya Refraktometrlari moddaning yorug’lik sindirish ko’rsatkichi p va dispersiyasi D (sindirish ko’rsatkichi p ning yorug’lik to’lqin uzunligi X ga bog’liqligi) ni uzlukli ravishda o’lchashda, Refraktometrlari fraktometri ishlab chiqarish jarayoni dinamikasini avtomatik qayd qilishda qo’llanadi. Fizik va kimyoviy tadqiqotlarda, laboratoriyada (suyuqlikning yorug’lik sindirish ko’rsatkichini aniqlashda) Abbe refraktometri ko’p ishlatiladi.