Regressiya

Regressiya — (matematikada) biror (u) tasodifiy miqdor o’rta qiymatining boshqa bir tasodifiy miqdoriga bog’likligi. Funktsional bog’lanishda miqdorning har bir qiymatiga u miqdorning bitta qiymati mos kelsa, regressiv bog’lanishda x ning x qiymatiga turli hollarda turli qiymatlar mos keladi. Regressiya tushunchasi faqat tasodifiy miqdorlar uchun emas, tasodifiy vektorlarga nisbatan ham kiritiladi. Regressiya terminini ingliz olimi F.Galton kiritgan (1886). Regressiya tabiat va jamiyat hodisalarini o’rganishda muhim matematik vosita hisoblanadi.