Rekonstruktsiya
Rekonstruktsiya (re… va lotincha constructio — qurilish) — 1) mavjud narsa (korxona, shahar, bino)ni yaxshilash, amaliy ahamiyatini oshirish, takomillashtirish maqsadida tubdan qayta qurish; 2) qoldiqlariga, yozma manbalarga asoslanib, biror narsa (masalan, me’moriy yodgorlik) qiyofasini, dastlabki ko’rinishini tiklash, qurish. Rekonstruktsiya chizma, rasm, tasvir, loyiha va hokazolar orqali amalga oshiriladi. Yodgorliklarning ilmiy Rekonstruktsiyasi uning keyingi restavratsiyasiga bog’liqdir.