Renta shartnomasi

Renta shartnomasi — fuqarolik-huquqiy shartnomalaridan biri, unga ko’ra bir tomon (renta oluvchi) boshqa tomon (renta to’lovchi)ga mulkni beradi, renta to’lovchi esa olingan mulk o’rniga renta oluvchiga muayyan pul mablag’i shaklida renta to’lab turish yoki uni ta’minlash uchun boshqa shaklda mablag berish tarzida renta to’lash majburiyatini oladi. Renta shartnomasi bo’yicha Rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki Renta oluvchining umri davomida (umrbod renta) to’lash majburiyatini belgilash mumkin. Renta shartnomasi notarial tasdiqlanishi, ko’chmas mol-mulkni renta to’lash sharti bilan boshqa shaxsga berishni nazarda tutuvchi shartnoma esa bundan tashqari davlat ro’yxatidan ham o’tkazilishi kerak. Renta munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy holatlar O’zbekiston Respublikasi FK (32-bob)da bayon qilingan.