Rentgen rasadxonasi
Rentgen rasadxonasi — yer sun’iy yo’ldoshlari (ESY) sifatida orbitaga chiqarilgan apparatlar; kosmik yoritqichlarni ulardan chiqadigan rentgen nurlarda tekshirishga mo’ljallangan. Quyosh va boshqa rentgen nur manbalarini tekshirishda qo’llaniladi. 1970 yildan boshlab turli davlatlarda bortiga Rentgen rasadxonasi o’rnatilgan 10 dan ortiq ESY uchirilgan. Masalan, CAC, Skylab, XEAO, GOES (AQSh), Xakutyo, Yphkoh (Yaponiya), Astron (SSSR), SoHO (AQSh va Yevropa) tipidagi yo’ldoshlar. Rentgen rasadxonasiga rentgen teleskoplar o’rnatiladi. Bular osmon va Quyoshning barcha sohalarining rentgen suratlarini olib, yerga uzatib turdi. Bu suratlarga asoslanib, kosmik rentgen manbalari (Galaktikada 100 ga yaqin, Magellan bulutlarida 30 dan ortiq va Andromeda tumanligida 10 dan ortiq) topildi va o’rganildi. Quyosh atmosferasidagi rentgen tuzilmalar va jarayonlar magnit tabiatga ega ekanligi ochildi.