Rentgenogramma

Rentgenogramma (rentgen va … gramma) — ob’ektlarning roentgen nurlari yordamida maxsus fotoplyonka yoki plastinkaga tushirilgan tasviri. Rentgenogramma rentgen kamerasida hosil qilinadi. Tibbiyotda singan-chiqqan, shikastlangan, kasallangan joylarni aniqlashda, texnikada detallarning nuqsonli joylarini aniqlash uchun rentgen defektoskopiyasida va boshqa maqsadlarda qo’llaniladi. Rentgen nurlarining kristall namunada difraktsion sochili shidan hosil bo’ladigan difraktsion Rentgenogrammadan roentgen struktura analizida foydalaniladi.