REPRESSIYA

REPRESSIYA (lot. repression – bosim, tazyiq) — davlat organlari qo‗llaydigan jazo chorasi, qatag’on qilish. Asosan, mustabid, totalitar, mustamlakachi davlat tomonidan xalqqa nisbatan qo’llaniladigan jazolash, qatli om, qatli nufus, ommaviy tarzda zulm o’tkazish tushunchalarini ifodalaydi. Ommaviy jazolash, qiynoqqa solish choralari mustabid davlatlarning xalqni asoratda ushlash, qo’rqitish, bosim o’tkazish qurolidir.