Reshetov Viktor Vasilevich

Reshetov Viktor Vasilevich (1910.10.3 — Toshkent — 1979.3.3) — tilshunos-turkiyshunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1964), Filologiya fanlari Doktori (1952), professor (1953), SSSR Pedagogika Fanlar Akademiyasi akademik (1959). Toshkent davlat universiteti pedagogika fakultetining til va adabiyot bo’limini tugatgan (1931). Shu universitetning ishchilar fakultetida o’qituvchi (1929-33), O’zbekiston XKS quzuridagi Fanlar komiteti til va adabiyot institutida, so’ngra O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyoti institutida kichik, katta ilmiy xodim, ilmiy kotib, direktor o’rinbosari va direktor (1934-55), Rossiya Federatsiyasi ta’lim akademiyasining Milliy maktablar instituti direktori (1960-63), Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituti rektori (1963-79). Ilmiy ishlari turkey tillar, asosan, o’zbek tili va uning fonetikasi, grammatikasi, dialektologiyasi, o’zbek va rus tillarini o’qitish metodikasi va boshqa masalalarga bag’ishlangan. Reshetov respublika oliy va o’rta maktablari uchun ko’plab o’zbek tili darsliklari va o’quv qo’llanmalarini yaratgan. As: O’zbek tili grammatikasi. lbo’lim, T.— Samarqand, 1934; Qisqacha o’zbekcharuscha lug’at, T., 1936; fonetika. O’zbek tili fonetikasiga doir ba’zi masalalar, T., 1953; Uzbekskiy yazik. ch. 1 (Vvedenie. Fonetika), T., 1959; O’zbek dialektologiyasi (hamkorlikda), T. 1962, 1978.