RESURSLAR BOZORI
RESURSLAR BOZORI – ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondiruvchi tovarlar, ya’ni ishlab chiqarish omillari sotiladigan bozor. Uy xo’jaligi o’ziga tegishli resurslarni sotadi, korxonalar esa uni xarid qiladi. Asosan, ishlab chiqarish vositalari (dastgoh, xomashyo, asbob-uskuna va h.k.) va ish kuchi sotiladi.