Revolver

Revolver (lotincha revolvo — aylanaman) — aylanuvchi baraban-magazinli, ko’p zaryadli, o’yma stvolli shaxsiy o’q otar qurol; to’pponcha turi. 100 metrgacha masofadagi jonli nishonni shikastlaydi. Kalibri 7,62—11,56 millimetr, og’irligi 0,75— 1,3 kilogramm, barabanidagi patronlar soni —6—7. O’q otilganda baraban aylantirish mexanizmi barabanni aylantiradi. Dastlabki (16— 19-asrlar) Revolverlar piltali va chaqmoqli bo’lgan, ularning barabani qo’lda aylantirilgan. 19-asrning 10-30- yillarida barabanni mexanik ravishda aylantiradigan Revolverlar ixtiro qilindi. 1895 yilda nagan tizimidagi Revolver namunasi ishlab chiqarildi. Vazifasiga ko’ra, Revolver harbiylar, politsiyachilar, fuqarolar ishlatadigan va sportda qo’llaniladigan xillarga bo’linadi. Avtomatik pistoletlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi munosabati bilan armiya va flot Revolver bilan qurollantirilmaydigan bo’ldi.