Reyka

Reyka (ruscha — yog’och g’o’la) — 1) tishli Reyka — bir tomoniga tishlar ochilgan prizmatik yoki tsilindrik sterjen; tishlari tishli g’ildirak (shesternya) tishlari bilan ilashib, ilgarilama-qaytma harakat qiladi. Aylanma harakatni ilgarilama harakatga aylantirib beradi va aksincha. Yuk ko’tarish mexanizmlari, stanoklar va boshqalarda qo’llaniladi; 2) geodeziyada — a) ikki nuqta balandligini aniqlash uchun nivelir bilan ishlatiladigan moslama; to’g’ri to’rtburchak yoki dvutavr kesimli, 3-4 m uzunlikdagi yog’och taxtacha. O’ngi (yuzi) da yoki ikkala tomonida shashkasimon yoki shtrix shkalali bo’ladi; v) optic-mexanik masofa o’lchagich (dalnomer) bilan masofani o’lchashda o’zgaruvchan va o’zgarmas basis sifatida ishlatiladigan geodezik asbob; 3) suvoqchilikda, yer o’lchashda ishlatiladigan moslama.