Rezervat
Rezervat (lotincha rezervatus — saqlangan) — o’z tartibiga ko’ra, buyurtma qo’riqxonaga yaqin bo’lgan, muhofaza qilinadigan tabiiy hudud. Rezervatda tabiiy kompleks elementlardan biri muhofaza qilinadigan asosiy ob’yekt bo’ladi. Rezervatda ovlanadigan sut emizuvchilar, qushlar yoki baliqlar, hayvonlar yoki o’simliklarning noyob turlari muhofaza qilinishi mumkin. Rezervatda ko’paygan hayvonlar va o’simliklar boshqa hududlarga tabiiy yo’l bilan tarqaladi yoki ular iqlimlashtiriladi va introduktsiya qilinadi. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda Rezervat termini, asosan, chet ellardagi muhofaza qilinadigan hududlarga nisbatan qo’llanadi. Ba’zi qo’riqxona va buyurtma qo’riqxonalar ham Rezervat deyiladi.