Rezortsin
Rezortsin, m — dioksibenzol, S6N4 (on)2 — ikki atomli fenol, o’ziga xos xushbo’y, shirin, rangeiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 110,8°, qaynash temperaturasi 280,8°. Suvda, efirda, spirtda eriydi. Sanoatda m — benzol- disulfokislotaga ishqor ta’sir ettirib olinadi. Rezortsin bo’yoqlar, plastmassalar va portlovchi moddalar ishlab chiqarishda, shuningdek, tibbiyotda teri kasalliklarini davolashda antiseptik eritma va maz sifatida ishlatiladi. Rezus, Bengal makakasi (massasa mulatta, ya’ni M. rhosus) — makakalar urug’iga mansub maymun. Uzunligi o’rtacha 80, dumi 25 santimetr; og’irligi 8-13 kilogramm. Yungi sarg’ish-yashil, qorni va oyoqlarining ichki tomoni oqish. Terisi, odatda, oqish tusda, urchish davrida yuzi va o’tirg’ich so’gali o’tkir qizg’ish tusga kiradi. Janub (Hindiston) va Janubiy Sharqiy Osiyoda (Nepaldan Shimoliy Myanmagacha) tarqalgan. Daraxtda va ko’pincha yerda tuda bo’lib yashaydi. Barmoqlari va tovoniga tayanib 4 oyoqda yuradi. Yaxshi suzadi va sho’ng’iydi. Rezortsin serjahl va agressiv bo’lganidan ular to’dasida dominantliktobelik sistemasi qat’iy emas. Yil davomida, ko’proq bahor va kuzda bolalaydi. Tutqunlikda yaxshi ko’payadi. Hayvonot bog’larida boqiladi. Laboratoriya hayvonlari sifatida foydalaniladi. Rezortsinda qoqshol, difteriyaga qarshi emlash metodlari ishlab chiqilgan, antibiotiklar va boshqa dorilar ta’sirida tekshirib ko’rilgan. Rezortsin eritrositlar bilan immunlangan hayvonlar qoni plazmasi yordamida odam qonida rezusfaktor antigeni kashf qilingan.