Ribosomalar
Ribosomalar (ribonuklein kislota va …Soma) — o’z tarkibida ribonuklein kislotalarni saqlovchi tsitoplazmaning doimiy, membranasiz organoidlari. Ribosomaning kashf etilishi elektron mikroskopik tadqiqotlarning rivojlanishi bilan bog’liq. Har bir Ribosomalar diametri 20 nm dan oshmaydigan katta va kichik subbirliklardan iborat. Subbirliklar qo’shilishi yoki ajralishi mumkin. Prokariotlarning xujayralarida ribosomalar nisbatan kichikroq bo’ladi. Ribosomalar mitoxondriyalar va xloroplastlar tarkibida ham uchraydi. Eukariotlar, prokariotlar, mitoxondriyalar va xloroplastlardagi Ribosomalar kimyoviy tarkibi jihatidan ham birmuncha farq qiladi. Masalan, prokariotlarning Ribosomalarida oqsillarning 55 xili mavjud, eukariotlarda esa 100 dan ortiq bo’ladi. Ribosomalar oqsilni sintezlaydi. Shuning uchun oqsil sintezini boshlovchi, davom ettiruvchi va tugatuvchi Ribosomalar mavjud. Ribosomalarning A (aminokislotalar birikadigan) va Ribosomalar (peptid bog’lari hosil bo’ladigan) faol qismlari bor. Oqsil sintezi jarayonida bir molekula iRNKda bir nechta Ribosomalar ketma-ket joylashib, translyasiya amalga oshadi. Bunday Ribosomalar majmuasi polisomalar deyiladi. Endoplazmatik to’r membranasi bilan bog’langan Ribosomalarda hujayradan tashqariga sekresiyalanuvchi oqsillar, gialoplazmada erkin joylashgan Ribosomalarda esa hujayraning o’zi uchun zarur bo’lgan oqsillar sintezlanadi. Oqsil sintezi jadal kechuvchi hujayralarda Ribosomalar soni juda ko’p bo’ladi. Eukariot hujayralarda Ribosomalar yadrochada hosil bo’ladi. Dastlab DNK matrisasida ribosomal RNK (rRNK) sintezlanadi. So’ngra RNK oqsil molekulalari bilan qo’shilib, Ribosomalar subbirliklarini hosil kiladi va yadrodan tsitoplazmaga chiqariladi.