Riboza
Riboza — monosaxarid; barcha tirik hujayralardagi RNK tarkibida bo’ladi. Riboza hosilasi — spirt ribit ko’pgina vitaminlar va kofermentlar tarkibiga kiradi. D va L shaklidagi optik faol va nofaol ratsemat holida bo’ladi. Riboza kristall modda, suvda yaxshi eriydi; suyuqlanish temperaturasi 86-87° (D shakldagisi).