Richards (Richards) Teodor Uilyam
Richards (Richards) Teodor Uilyam [1868.31.1., Jermantaun (Pensilvaniya shtati) — 1928.2.4] — amerikalik kimyogar. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1899 yildan) Amerika kimyo jamiyati Prezidenti (1914). Amerika san’at va fan akademiyasi Prezidenti (1919-21), Garvard universitetini tugatgan, falsafa Doktori (1888), professor (1901 yildan). Ilmiy tadqiqotlari kimyoviy elementlarning atom molekulasini aniqlashga oid. Maxsus qurilma yasagan va o’zi ishlab chiqqan usuli yordamida 25 ta kimyoviy elementning atom molekulasini katta aniqlikda o’lchagan. Tarkibida uran bo’lgan turli minerallardagi radiogen qo’rg’oshinning atom molekulasini o’lchab qo’rg’oshinning izotoplari mavjudligini isbotlagan (1914). Nobel mukofoti laureati (1914).