Ridaoaktivlik yomg’ir nima?
Yadro portlashi — yadro qurolining sinovi yoki atom elektr stantsiyalaridagi avariyalar oqibatida paydo bo’lib, avvaliga havoga ko’tariluvchi, so’ngra yer bag’riga kelib tushadigan chang radioaktivlik yomg’iri deb ataladi. Bu chang aynan radioaktiv bo’lganligi uchun ham atrof muhitga katta zarar keltiradi. Radioaktivlik o’z-o’zicha parchalanadigan ayrim bir turdagi atomlarni o’z ichiga oladi. Parchalanish paytida atomlarning har biridan kichik miqdorda energiya va moddiy zarralar paydo bo’ladiki, bu hodisaga “radiatsiya” deb nom berilgan. Yadro portlashi paytida kuchli portlash to’lqini yuzaga keladi, katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi va behad ko’p mihdorda radioaktiv atomlar paydo bo’ladi. Bu atomlar tuproq zarralari bilan aralashadi va portlashning kuchi bilan havoga ko’tarilib ko’ptonnalik chang buluti hosil qiladi. Oradan biroz vaqt o’tgach, bu chang radioaktivlik yomg’iri tarzida yer bag’riga qaytib, to’shaladi. Radioaktiv “buluti”ning eng og’ir zarralari portlashning dastlabki daqiqalarida yoki soatidayoq yerga tushadi. Biroq yengil zarralar atmosferada uzoq muddatga ushlanib qoladi. Shamol ularni yer shari bo’ylab oylab va hattoki yillab uchirib yurishi mumkin. Oxir-oqibatda ular yer shari sirtiga qor bilan, yomg’ir yoki tumanga aralashib muqarrar ravishda qaytadi. Radioaktivlik yomg’iri inson badaniga, terisiga tushsa, uni suv bilan yuvib tashlash mumkin. Lekin radioaktiv chang zarralari odam organizmining ichiga tushsa, u yerda uzoq saqlanib qoladi. Ular inson a’zolariga havo, suv va oziq-ovqat bilan singadi. Ayniqsa oziq-ovqat bilan singish keng tarqalgan. Radioaktivlik changi o’simliklar va daraxtlarning yaproqlari va mevalariga o’tiradi, tuproqni zaharlaydi, tuproqda esa radioaktiv atomlar ildizlar orqali o’simlikka o’tadi. Garchand bu o’simliklarni inson ovqat tarzida iste’mol qilmasa-da, ularni hayvonlar yeydi, hayvonlarning go’shtini esa, o’z navbatida odamlar va boshqa hayvonlar yeydi. Radioaktiv atomlar organizmga kirib, radioaktiv nurlarni tarqatadi, tirik to’qimalarni yemiradi yoki, hech bo’lmaganda, ularning har xil xastaliklardan himoyalanish qobiliyatini zaiflashtiradi.