Rieka
Rieka — Xorvatiyadagi shahar. Adriatika dengizi sohilida. Rieka qo’ltig’ining shimoliy qismida joylashgan. Aholisi 167 ming kishi (1999). Transport yo’llarining muhim tuguni. Yirik port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim sanoat markazi. Kemasozlik, motorsozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, yog’ochsozlik, ko’npoyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Muzeylar bor. 13-18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklardan romangotika sobori, cherkov, minora saqlangan.