Riftin Vladimir Aleksandrovich
Riftin Vladimir Aleksandrovich 11903.1(13).1, Sarapul shahri, Udmurdiya — 1987.2.1, Toshkent] — teatr rassomi. O’zbekiston xalq rassomi (1950). Xarkov rassomlik institutini tugatgan (1928). 1941 yildan O’zbekistonda yashab ijod qilgan. Riftin Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida teatr dekoratsiyasi rassomligi kafedrasi tashkilotchilaridan (1954-80 yillar kafedra mudiri, 1980 yildan professor). Riftin har bir spektakl janr va xususiyatiga mos sahna bezaklari yaratishga intildi. “Qarg’a motkasi” (1947, P. Chaykovskiy), “Ulug’bek” (1959, A. Kozlovskiy) operalari; “balerina” (1952, G. Mushel), “Semurg'” (1957, B. Brovsin) baletlari; “Hurriyat” (1958, uyg’un), “Farg’ona hikoyasi” (1959, T. Jalilov, B. Zeydman), “Toshbolta oshiq” (1960, M. Leviev), “Mirzo Ulug’bek” (1970, M. Shayxzoda) kabi drama va tragediyalar shular jumlasidan.