Riga qo’ltig’i
Riga qo’ltig’i — Boltiq dengizidagi qo’ltiq. Estoniya va Latviya hududida. Quruqlikka 174 kilometr kirib borgan. Maydoni 18,1 ming km2. Boltik, dengizidan moonzund (G’arbiy Estoniya) orollari bilan ajralgan. Eng chuqur joyi 62 metr. Dekabrdan aprelgacha muzlaydi. Riga qo’ltig’iga G’arbiy Dvina (Daugava), Lielupe, Gauya daryolari quyiladi. Suvining temperaturasi yozda 18°, qishda 0—g. Sho’rligi 3,5 — 6%o. Yirik porti — Riga. Janub sohilida Yurmala kurort shahri, shimolida Pyarnu shahri va kurorti, Saaremaa orolida Kingisepp shahri joylashgan.