Rim raqamlari
Rim raqamlari — qadimgi Rimliklar qo’llagan raqamlar. Rim raqamlari 7 ta: I, X, S, M, V, L, D. Rim raqamlari aslida lotin harflari bo’lib, ularning son qiymatlari quyidagicha: I = 1, X =10, S = 100, M = 1000, V = 5, L= 50, D = 500. Har qanday natural sonni Rim raqamlari yordamida yozish mumkin, bunda quyidagi qoidaga rioya qilinadi: 1) katta raqam kichigidan oldin yozilsa, raqamlar qo’shiladi. Masalan, LI = 50 + 1 = 51; CI = 100 + 1 = 101; XI = 10 + 1 = 11. 2) kichik raqam kattasidan oldin yozilsa, katta raqamdan kichigi ayriladi. Masalan, IL = 50 — 1 = 49; 1S = 100 — 1 = 99; IX = 10 — 1 = 9. Soshtarni yozitshda ayni bir Rim raqamlari ketma-ket 3 martadan ko’p qatnashmaydi. Masalan, XXX = 30, ammo 40 o’rniga XXXX emas, balki XL = 50 — 10 = 40 yoziladi. Rim raqamlari yordamida sonlar ustida arifmetik amallar bajarish noqulay. Rim raqamlari endilikda asrlar, asar boblari, oylarning raqamlari, tartib sonlarini belgilashda qo’llaniladi. Masalan, XXI asr, VII bob, sentyabr — IX oy, III chorak.