Rio-de-Janeyro

Rio-de-Janeyro — Braziliyaning Janubiy Sharqiy qismidagi shtat, Atlantika okeani sohilida. Maydoni 43,9 ming km2. Aholisi 14,4 million kishi (2000), Ma’muriy markazi — Rio-de-Janeyro. Yirik shaharlari: Niteroy, Novaigu – ASU, kampus, Petropolis va boshqalar. Braziliya yassitog’ligining Janubi sharqida joylashgan. Iqlimi tropik, nam iqlim. O’rtacha oylik temperatura 20-26°, yillik yogin 1200— 1500 mm. Nam tropik o’rmonlar bor. Rio-de-Janeyro Braziliyaning rivojlangan shtatlaridan. Neft, koks, cho’yan va po’lat ishlab chiqarish bo’yicha mamlakatda yetakchi o’rinda. Yirik metallurgiya, tsement, kimyo sanoati rivojlangan. Kemasozlik va kema ta’mirlash, to’qimachilik, farmasevtika, yog’ochsozlik korxonalari mavjud. Qishloq xo’jaligida dehqonchilik yetakchi. Kofe va qand lavlagi, shuningdek, paxta, makkajo’xori, sholi, tamaki, kakao, banan ekiladi. Vodiylarda go’sht-sut chorvachiligi va cho’chqachilik bilan shug’ullaniladi.