Rioni
Rioni — Gruziyadagi daryo. Uzunligi 327 kilometr, havzasining maydoni 13400 km2. Katta Kavkazning Bosh yoki suvayirg’ich tizmasining Janubiy yon bag’ridan boshlanadi. Kutaisi shahrigacha tog’lar orasidan oqib, so’ng Kolxida pasttekisligiga chiqadi. Qora dengizga quyilish joyida Delta hosil qiladi. Qor va muzlikdan, quyi oqimida yomg’irdan suv oladi. Quyilish joyida o’rtacha suv sarfi 405 m3/sekund. Daryoga Rioni, gumat GESlari qurilgan. Rioni vodiysining bosh qismidan Osetiya harbiy yo’li o’tgan. Rioni bo’yida oni, Kutaisi, Poti shaharlari joylashgan.