Rishele (Richelien) Arman Jan dyu Plessi
Rishele (Richelien) Arman Jan dyu Plessi (du Plessis) (1585.5.9 — Parij — 1642.4.12) — frantsuz davlat arbobi, kardinal (1622 yildan). 1624 yildan Qirollik kengashi rahbari, amalda Frantsiya hokimi. Absolyutizmni mustahkamlash yo’lida ko’p sa’y-harakatlar qilgan. Gugenotlarni siyosiy huquqlardan mahrum etgan; ma’muriy, moliyaviy, harbiy islohotlar o’tkazgan; feodallarning isyonlari, xalq qo’zg’olonlarini bostirgan. Tashqi siyosatda Gabsburglar bilan kurashishni asosiy vazifa deb hisoblagan. Frantsiyani O’ttiz yillik urush (1618-48)ga tortgan “Siyosiy vasiyatnoma” asarida frantsuz absolyutizmi siyosatining asosiy tamoyillarini bayon qilgan. Rishele frantsuz mumtoz adabiyoti va san’ati taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan. Frantsiya akademiyasiga asos solgan.