Ritsarlik akademiyalari
Ritsarlik akademiyalari — 1618-asrlarda Germaniyada dvoryanlar farzandlarini harbiy, fuqarolik va saroy xizmatiga tayyorlovchi tabaqalashgan o’quv yurtlari. O’quv rejasiga lotin, frantsuz, italyan, ko’pincha ispan tillari, matematika, fizika, genealogiya, huquq, tarix va boshqa fanlar kirgan; qilichbozlik, otda yurish, raqsga tushish, saroy axllariga xos mulozamat va muomalaga katta e’tibor berilgan. Kolberg (1653 yil tashkil etilgan), Lyuneburg (1655), Volfenbyuttel (1687) dagi Ritsarlik akademiyalari mashhur bo’lgan. 19-asrda gimnaziya va kadet korpuslariga aylantirilgan.