Rivojlangan o’rta asrlar (IX-XV asrlar)

783-850 yillar – Buyuk matematik olim, astronom va geograf Muhammad Xorazmiy (Abu Ja’far Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy) yashagan.

IX asr – buyuk matematik Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy – birinchi O’rta Osiyolik tarixchi. U “Kitob at-tarix” (“Tarix kitobi”) asarini yozgan.

Taxminan 797-865-yillar – Buyuk astronom, matematik va geograf Ahmad al-Farg’oniy yashagan.

798-869-yillar – Samarqandlik buyuk muhaddi Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon ad-Dorimiy yashagan.

806-810-yillar – Rofe ibn Lays boshliq Movarounnahr va Xuroson aholisining abbosiylarga qarshi qo’zg’oloni.

810-yil – G’itrif ibn Ato – Xuroson noibi. G’itrifiy kumush tangalarining zarb qilinishi.

810-yil 21-iyul-870-yil 31-avgust – Islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis Imom Buxoriy (Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy) yashagan.

819-1005-yillar – Movarounnahr va Xurosonda somoniylar sulolasi hukmronligi. Somoniylar sulolasi: Nuh ibn Asad (819-842), Ahmad ibn Asad (842-864), Nasr I ibn Ahmad (864-897), Ismoil ibn Ahmad (874-907), Ahmad ibn Ismoil (907-914), Nasr II ibn Ahmad (914-943), Nuh ibn Nasr (943-954), Abdulmalik ibn Nuh (954-961), Mansur ibn Abdulmalik (961-976), Nuh ibn Mansur (976-997), Mansur ibn Nuh (997-999), Abdulmalik ibn Mansur (999-1000); Ismoil al-Muntasir (1000-1005).

821-873-yillar – Tohiriylar sulolasi hukmronligi davri.

824-892-yillar – Buyuk muhaddis Imom Termiziy yashagan.

840-yil – Nuh ibn Asad Somoniyning Isfijobga yurishi va uni tobe etishi.

Taxminan 840-1212-yillar – Qoraxoniylar sulolasi hukmronligi. Qoraxoniylar sulolasi: Qul Bilga Qoraxon (840-880), Abdulkarim Sotuq Bug’roxon (920-955), Muso ibn Abdulkarim (955-970), Hasan ibn Sulaymon (977-992), Ahmad ibn Ali Sulaymon (977-1017), Mansur ibn Ali (amalda ukasi Nasr ibn Ali) (1017-1026), Ibrohim ibn Nasr Tamg’achxon (1068-1080), Arslonxon (1102-1130), Usmon Bug’roxon (1204-1212) va boshqalar.

849-850-yillar – Buxoro shahri atrofiga rabodlarni ham o’z ichiga olgan holda mudofaa devori va 11 ta darvoza qurilgan.

858-941-yillar – Mashhur shoir Rudakiy yashab o’tgan.

873-yil – Safforiylar davlatining tashkil topishi.

873-950-yillar – Ulug’ mutafakkir va qomusiy olim Abu Nasr Forobiy yashagan.

874-yil – Ismoil Somoniyning Buxoro taxtiga o’tirishi.

874-875-yillar – Ismoil Somoniyga qarshi Romitan bilan Barkad oralig’ida ko’tarilgan mulkdorlar (dehqonlar) qo’zg’oloni.

879-900-yillar – Xurosonda Amr ibn Lays hukmronligi.

888-yil – Aka-uka somoniylar (Nasr ibn Ahmad va Ismoil ibn Ahmad) o’rtasidagi jang; Ismoil Somoniyning g’alabasi.

893-yil – Ismoil Somoniyning Yettisuvga yurishi; Ismoil Somoniy Taroz shahrini ishg’ol qilib u yerdagi xristian cherkovi o’rniga masjid qurdirgan.

899-959-yillar – Mashhur tarixchi olim Narshaxiy (Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy) yashagan.

900-yil – Amr ibn Laysni Ismoil Somoniy tomonidan tor-mor qilinishi. Xurosonning Ismoil Somoniy ixtiyoriga o’tishi.

IX-asr – Qadimgi Choch (Madinat ash-Shosh) shahrining Salor bo’yidan Bo’zsuv bo’yi (Binkat) ga ko’chirilishi.

IX asr oxiri-asr boshlari – Buxoroda Ismoil Somoniy maqbarasining X qurilishi.

IX asr oxiri-X asr boshi – Sirdaryo havzasi va Orol dengizi sohillarida O’g’uzlar davlatining tashkil topishi.

IX-X asrlar – Termiz shahri atrofida Qirqqiz qal’asi qurilgan.

Taxminan IX asr oxiri – X asr oxiri – Saljuqiylar bobokaloni, harbiy sarkarda Saljuq (Saljuqbek ibn Do’kak) yashagan.

904-976-yillar – Shofi’iylik mazhabining yetakchi olimlaridan biri, muhaddis, Qaffoi Shoshiy (Hazrati Imom; qisqacha Hastimom) yashagan.

937-yil – Buxoroda yong’in; Buxoro Sharqidagi dastlabki madrasa – Farjak nomining ilk bor manbalarda qayd etilishi.

939-yil – Abu Ali Sag’oniy – Sag’oniyon hukmdori.

942-yil – Qoraxoniylarning Bolasog’un shahrini egallashi.

943-yil – Buxoroning Registon maydonida Dor ul-mulk saroyi va uning qarshisida devonlar uchun maxsus saroy qurilgan.

943-944-yillar – Narshaxiy o’zining mashhur “Buxoro tarixi” asarini arab tilida yozgan.

960-yil – 200 ming o’tovdan iborat qarluqlar islomni qabul qilgan.

962-1186-yillar – G’aznaviylar sulolasi hukmronligi davri.

963yil – Somoniylar Xurosondagi sipohsolori Alptegin vafoti va Sabukteginning hokimiyat uchun kurashi.

973-yil 4-sentabr-1048-yil 11-dekabr – O’rta asrning buyuk daholaridan, mutafakkir olim Abu Rayhon Beruniy yashagan.

976-991-yillar – Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiy tomonidan “Maftotih ul-ulum” (“Ilmlarning kalitlari”) asari yozilgan.

977-978-yil – Arabota maqbarasi (Samarqand viloyati Tim qishlog’idagi me’moriy yodgorlik) qurilgan.

977-1186-yillar – G’aznaviylar davlati hukmronligi. G’aznaviylar sulolasi: Alptegin (962-963), Ishoq (963-966), Birgategin (966-972), Piritegin (972-977), Sabuktegin (977-997), Ismoil (997-998), Mahmud G’aznaviy (998-1030), Muhammad (1030), Mas’ud G’aznaviy (1030-1041), Mavdid (1041-1048), Mas’ud II (1048), Ali Abul Hasan (1048-1049), Abdur Rashid (1049-1053), Ibrohim (1059-1099), Mas’ud III (1099-1114), Sherzod (1114-1115), Arslon (1115-1118), Bahromshoh (1118-1152), Xusravshoh (1152-1160), Xusrav Malik (1160-1186) va boshqalar.

980-yil avgust-1037-yil 18-iyun – Buyuk mutafakkir olim, tabib, faylasuv va shoir Abu Ali Ibn Sino yashagan.

985-yil – Saljuqiylarning Buxoro atroflarida paydo bo’lishi va ularga somoniylar tomonidan Nurotada maxsus yaylovlar ajratilishi.

992-yil – Raboti Malik yaqinida Xarjang yonida qoraxoniy Hasan Bug’roxon qo’shini somoniylar lashkarboshisi Foyiq qo’shinni yenggan va poytaxt Buxoroni jangsiz egallagan; Hasan Bug’roxon Qashqarga qaytayorganda yo’lda betoblanib vafot etgan.

995-yil – Xorazmda afrig’iylar sulolasining tugatilishi.

995-1017-yil – Xorazmshoh Ma’mun ibn Muhammadning Xorazmni birlashtirishi; Xorazmda ma’muniylar sulolasining hukmronlik davri.

996-yil – Qoraxoniylarning Buxoroga hujumi. Shartnomaga ko’ra butun Sirdaryo havzasi somoniylar ixtiyoridan qoraxoniylar qo’liga o’tgan.

998-1030-yillar – Mahmud G’aznaviy hukmronligi.

999-yil 16-may – Mahmud G’aznaviy Marv yaqinida somoniylar qo’shinini mag’lubiyatga uchratgan.

999-yil oktabr – Qoraxoniylar sarkardasi Nasr ibn Alining Buxoroni egallashi.

999-yil – Somoniylar davlati hukmronligining barham topishi; Movarounnahrning Qoraxoniylar davlatiga qo’shib olinishi va Ilekxonlar (Eloqxonlar) hokimiyatining o’rnatilishi.

999-1012-yillar – Nasr ibn Ali Movarounnahr ilek (eloq) xoni bo’lgan.

999-1212-yillar – O’rta osiyoda qoraxoniylar sulolasining hukmronligi.

1000-yil – Beruniy o’zining mashhur “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” nomli ensiklopedik asarini yozgan.

1001-yil – Qoraxoniylar davlati bilan G’aznaviylar davlati o’rtasida chegara chizig’i qilib Amudaryo belgilangan.

X-XII o’rtalari – o’zbek xalqining tashkil topish jarayonining asosan tugallanishi.

XI-XX asrlar – Samarqanddagi Shohizinda ansambli qurilgan va ta’mirlangan.

XI-asr – Movarounnahrda shartli yer egaligi shakli – iqtoning tarqalishi.

1004-yil – Gurganch (Ko’hna Urganch)da xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’mun tomonidan akademiya (Xorazm Ma’mun akademiyasi)ning tashkil topishi. Beruniy va Ibn Sinoning akademiya faoliyatiga rahbarlik qilishi.

1005-yil – Somoniylar sulolasining so’nggi amiri Muntasir vafot etishi bilan somoniylar sulolasi barham topgan.

1006-1008-yillar – Qoraxoniylar Xurosonga 2 marta harbiy yurishi. Balx, Tus va Nishopurni bosib olinishi, Mahmud G’aznaviy qoraxoniylarni yengib, Chag’oniyon, Xuttalon, Qabodiyon viloyatlari va Termiz, Amulni o’z davlatiga qo’shib olgan.

1014-1024-yillar – Abu Ali ibn Sino tomonidan mashhur “Tib qonunlari” (5 kitob) asari yaratilgan.

1017-yil – Mahmud G’aznaviyning Xorazmga yurishi va Xorazmning G’aznaviylar davlatiga qo’shib olinishi.

1017-1041-yillar – Xorazmda g’aznaviylarga qaram oltintoshlar sulolasining hukmronlik davri.

1025-yil – G’aznaviylar tomonidan saljuqiy qabilalarining Buxorodan Xurosonga ko’chirilishi; Mahmud G’aznaviyning Samarqand yaqinida qoraxoniy hukmdori Qodirxon bilan uchrashuvi; Sharqiy Qoraxoniylar davlati xoqoni Qodirxon va Mahmud G’aznaviy qo’shinlarining Samarqand yaqinida qoraxoniylarning Samarqanddagi noibi Alitegin ibn Husayn ustidan g’alabasi.

1030-yil – Beruniy o’zining “Hindiston” nomli tarixiy asarini yozgan.

1025-1034-yillar – Qoraxoniylardan Alitegin ibn Husayn Movarounnahr ilekxoni bo’lgan.

1030-1041-yillar – Mas’ud G’aznaviy hukmronligi.

1032-yil – Xorazmshoh Oltintoshning g’aznaviylar topshirig’iga ko’ra Alitegin mulklariga hujumi va Buxoroni egallashi; Dabusiya yaqinidagi jangda Oltintoshning yarador bo’lib vafot etishi.

1034-yil – Xorazmshoh Horun tomonidan ko’chmanchi turkman qabilalariga yer ajratib berilishi. Jand hokimining ularga hujum qilib, 8 ming kishini qirib tashlashi. O’g’uz saljuqlarining Xorazm yerlarini tark etishi.

1035-yil – Ko’chmanchilik uchun yer ajratish haqida g’aznaviylar bilan saljuqlar o’rtasida shartnoma tuzilishi.

1038-yil – To’g’rulbekning Saljuqiylar davlatining sultoni deb e’lon qilinishi; Saljuqiylar davlatining hukmonlik davri. Xurosondagi Saljuqiylar sulolasi: To’g’rulbek (1038-1063), Alp Arslon (1063-1072), Malikshoh I (1104-1105), G’iyosiddin Muhammad (1105-1118), Sulton Sanjar (1118-1157).

1040-yil 23-may – Saljuqiylar bilan g’aznaviylar o’rtasida Dandanakon jangi bo’lib o’tgan va unda saljuqiylar g’alaba qilgan.

1041-yil – Qoraxniylar davlati 2 qismga: Sharqiy qism (poytaxti Bolasog’un) va G’arbiy qism (poytaxti: Samarqand)ga bo’lingan.

1044-yil – Balx va Termizning saljuqiylar qo’l ostiga o’tishi.

1048-yil 18-may-1131-yil 4-dekabr – mashhur matematik, astronom, faylasuf va shoir Umar Xayyom yashagan.

1048-1141-yillar – Tasavvufning mashhur namoyondasi Yusuf Hamadoniy yashagan.

Taxminan XI asrning ikkinchi yarmi-1167-yil – Tasavvufning mashhur namoyandasi, yassaviylik tariqatining asoschisi Ahmad Yassaviy yashagan.

1068-1080-yillar – Qoraxoniylar xoqoni Shamsulmulkning hukmronlik davri.

1069-yil – Buxorodagi Jome masjidining qayta qurilishi.

1069-1070-yillar – Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” asarini yozgan.

Taxminan 1069-1070-yillar – Qadimgi Buxoro-Samarqand yo’lining Cho’li Malikdagi yirik chegara va savdo bekatida Raboti Malik (Shoh raboti) bunyod etilgan.

1071-1072-yillar – Mahmud Koshg’ariy turkiy tillar haqidagi “Devonu lug’otit turk” nomli qomusiy asarini yozgan.

1071-1081-yillar – Kichik Osiyoni Saljuqiylar davlatiga qo’shib olinishi.

1072-yil – Saljuqiylar sultoni Alp Arslonning Buxoroga yurish chog’ida o’ldirilishi.

1072-1092-yillar – Saljuqiylardan Malikshoh hukmronligi davri.

1074-1144-yillar – Mashhur tilshunos olim va adib Mahmud Zamahshariy yashagan.

1077-1231-yillar – Xorazmda anushteginiylar – xorazmshohlar sulolasining hukmronlik davri. Anushtegin – Xorazmshohlar sulolasi: Anushtegin Garchoi (1077-1097), Qutbiddin Muhammad (1097-1127), Alouddin Otsiz (1127-1156), El-Arslon (1156-1172), Sultonshoh Mahmud (1172), Alouddin Takash (1172-1200), Alouddin Muhammad (1200-1220), Jaloliddin Manguberdi (1220-1231).

1089-yil – Malikshohning Buxoro va Samarqandni olishi. Malikshohning qoraxoniylar xoqoni Ahmadni asir olishi va unga taxtni qaytarib berishi.

1090-yil – Movarounnahrda saljuqiylarga qarshi qo’zg’olon. Malikshohning Movarounnahrga yurishi.

1092-yil – Saljuqiylar sultoni Malikshohning hasshoshiylar yuborgan qotil tomonidan o’ldirilishi.

1097-1127-yillar – Anushteginiylar sulolasidan bo’lgan Xorazm hukmdori Qutbiddin Muhammadning hukmronlik davri.

1092-yil – Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari yozilgan.

1102-1130-yillar – Qoraxoniylar xoqoni Arslonxon hukmronligi.

1103-1179-yillar – Xojagon tasavvuf tariqatining asoschisi Abdulxoliq G’ijduvoniy yashagan.

1108-1109-yillar – Jarqo’rg’on minorasi (hozirgi Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumanida) qurilgan.

1118-yil – Buyuk Saljuqiylar davri sharqiy va g’arbiy qismlarga bo’lingan. G’arbiy qism Iroq sultonligi (1118-1194-yillar) nomi bilan yuritilgan. Sharqiy qismga Xuroson, Xorazm va Movarounnahr kirgan (1118-1157-yillar) va poytaxti Marv bo’lgan.

1118-1157-yillar – Saljuqiylardan Sulton Sanjar hukmronligi davri.

1119-yil – Arslonxon tomonidan Buxoro namozgohi qurilgan.

1120-yil – Ilekxonlarning saljuqiylar sultoni Sanjarga tobe bo’lishi.

1123-yil 23-sentabr-1197-yil 29-oktabr – Buyuk faqih, imom Burhoniddin Marg’inoniy yashagan.

1127-yil – Buxoroda mashhur Minorai Kalonning qoraxoniylar xoqoni Arslonxon tomonidan qurilishi.

1127-1156-yillar – Anushteginiylardan Alouddin Otsiz Xorazmshohning hukmronlik davri.

1130-yil – Sulton Sanjarning Samarqandni egallab olishi. Qoraxitoylarning Movarounnahrga yurishi. Qoraxoniylarning saljuqiylarga vassal bo’lib qolishi.

1130-1207-yillar – Buxoroda Sadrlar (Burxoniylar) ruxoniylar sulolasi hokimiyati davri.

1138-yil – Otsiz Xorazmshohning Sirdaryoning quyi oqimi, Jand, Mamg’ishloq viloyatini o’z davlatiga qo’shib olishi, Sulton Sanjarning itoatidan chiqishi.

1138-yil oktabr – Sulton Sanjarning Alouddin Otsiz Xorazmshoh ustidan g’alaba qozonishi va Xorazmning tobe etilishi.

1138-yil – Xo’jand yonida qoraxitoylar gurxoni Samarqanddagi qoraniylar xoni Mahmudxon qo’shinini tor-mor qilgan.

1139-yil fevral – Sulton Sanjar Marvga qaytgach, Alouddin Otsiz yana Xorazmni egallagan.

1139-yil – Xorazmshoh Alouddin Otsizning Buxoroga hujumi, shaharni egallab mudofaa devori va qal’ani buzib tashlashi.

Taxminan 1140-1213-yillar – Qoraxitoylar davlatining hukmronligi (poytaxti – Bolasog’un).

1141-yil 9-sentabr – qoraxoniylar va saljuqiylarning birlashgan qo’shini bilan qoraxitoylar o’rtasidagi mashhur Qatvon jangi. Bu jangda qoraxitoylar qo’shini Sulton Sanjar qo’shini tor-mor keltirgan. 70 ming musulmon shahid bo’lgan. Samarqand va Buxoro shaharlari bosib olingan.

1141-yil – Qoraxitoylar gurxoni Yelyuy Dashi Karmanada Qoraxitoylar davlati barpo etilganligini e’lon qilgan; Xorazmshoh Alouddin Otsizning Marvni egallab olishi; Bag’dod xalifasi Alouddin Otsizni to’la huquqli hukmdor deb tan olgan, unga sulton martabasini bergan. Alouddin Otsiz o’z nomidan tilla tangalar zarb etgan.

1145-1221-yillar – Kubraviylik oqimining asoschisi Shayx Najmiddin Kubro yashagan.

1149-1209-yillar – Mashhur kalom olimi va faylasuf Faxriddin Roziy yashagan.

1153-yil – O’g’uzlarning Sulton Sanjarga qarshi qo’zg’oloni va uni asir olinishi.

1155-1227-yillar – Mashhur sarkarda Chingizxon yashagan.

1156-yil – Sulton Sanjarning asirlikdan qochishi, xorazmshoh Alouddin Otsiz vafoti.

1156-yil 22-avgust-1172-yil 17-mart – Xorazmshoh El-Arslonning hukmronligi.

1157-yil – Sulton Sanjarning vafoti, Saljuqiylarning Xurosondagi hukmronligining tugashi.

1158-yil – El-Arslonning Movarounnahrga yurishi.

1172-yil 11-dekabr – Xorazmshoh Alouddin Takash hukmronligi.

1182-yil – Alouddin Takashning Buxoroga yurishi.

1187-yil – Alouddin Takashning saljuqiylardan Nishopurni tortib olishi.

1190-1261-yillar – Kubraviylik tariqatining mashhur namoyandasi, mutasavvif Shayx Sayfiddin Boharziy yashagan.

1192-1193-yillar – Alouddin Takashning Ray va Marvni bosib olishi.

1194-yil – Xorazmshoh Alouddin Takashning saljuqiylar sultoni To’g’rul III qo’shinlarini tor-mor keltirishi.

1196-yil – Xorazmshoh Alouddin Takash bilan xalifa an-Nosir o’rtasidagi jang va Xorazmshohning Hamadon, Ray va Isfahonni tobe etilishi.

1198-yil aprel – Qoraxitoylar qo’shini tomonidan Xurosonning talon-taroj qilinishi. G’iyosiddin G’uriyning ularni daf qilishi.

1198-1199-yillar – Buxoro shahri yaqinida Vobkent minorasi (hozirgi Buxoro viloyati Vobkent shahrida) qurilgan.

XII-XIII asrlarning boshi – Xorazm davlatining yuksalishi.

Taxminan XIII asrning boshi – Ko’hna Urganchda Faxriddin Roziy maqbarasi qurilgan.

1200-1212-yillar – Samarqandda so’nggi qoraxoniy Usmon ibn Ibrohimning hukmronlik davri.

1200-yil 3-avgust-1220-yil dekabr – Alouddin Muhammad Xorazmshohning hukmronlik davri.

1204-yil oktabr – Shahobiddin G’uriy qo’shinining xorazmshoh va uning ittifoqchilari tomonidan Andxudda tor-mor qilinishi.

1206-yil 13-mart – Shahobiddin G’uriyning o’ldirilishi.

1206-yil – Temuchinning Chingizxon nomi bilan taxtga o’tirishi va mo’g’ullar davlatiga asos solishi.

1206-1207-yillar – Buxoro hokimi sadr Muhammad ibn Ahmadning soliq siyosatiga qarshi Malik Sanjar boshchiligidagi hunarmandlar qo’zg’oloni.

1207-yil – Xorazmshoh Alouddin Muhammadning Buxoroni bosib olishi, qo’zg’olonning bostirilishi.

1207-yil-1273-yillar – tasavvufdagi mavlaviya tariqatining asoschisi, shoir va mutafakkir Jaloliddin Rumiy yashagan.

1208-yil – Xuroson Xorazmshoh davlati tobeligiga o’tgan.

1210-yil sentabr – Xorazmshoh qo’shinlarining Talas jangida qoraxitoylar ustidan zafar qozonishi. Qoraxitoylar lashkarboshisi Tayanguning asir olinishi.

1212-yil – Samarqandda Xorazmshohga qarshi qo’zg’olon ko’tarilgan; Qoraxoniylar sulolasining tugatilishi va so’nggi qoraxoniylar vakili Usmon ibn Ibrohimning Muhammad Xorazmshoh buyrug’i bilan qatl etilishi.

1213-yil – Qoraxitoylar gurxoni Julhuning vafoti. Qoraxitoylar davlatining tanazzuli.

1215-yil – Muhammad Xorazmshohning Shosh va Shimoliy Farg’onada shaharlarni buzib tashlashi va aholisini ko’chirishi; Xorazmshohning Kirmon, Balujiston va Makronni egallashi.

1215-1217-yillar – Muhammad Xorazmshoh bilan Chingizxon o’rtasida elchilar ayirboshlash.

1216-yil – Irg’iz daryosi bo’yida Muhammad Xorazmshoh qo’shini bilan mo’g’ullar o’rtasida dastlabki jang bo’lgan.

1217-yil – Xalifa elchisi shayx Shahobiddin Suhravardiyning Xorazmga kelishi; Xorazmshoh qo’shinlari Mozandaron, Arron, Ozarbayjon, Shirvon, Fors, Mangqishloq, Sijiston, G’ur, G’azna, Bomiyonni zabt etib, Hindiston chegarasiga yetib borgan.

1217-yil kuzi – Xorazmshoh qo’shinlarining Bag’dodga muvaffaqiyatsiz yurishi. Hulvon yaqinidagi Asadobod dovonida qor-sovuqdan lashkarning nobud bo’lishi.

1218-yil – Muhammad Xorazmshohning noibi Inolchiq tomonidan O’trorda “savdogar” niqobidagi josuslarning qatl etilishi.

1219-yil – Mo’g’ullarning Movarounnahrga hujumining boshlanishi.

1219-yil sentabr-1220-yil mart – O’trorning mo’g’ullar tomonidan qamal qilinishi va vayron etilishi, O’tror mudofasi.

1219-1221-yillar – Chingizxonning O’rta Osiyoni bosib olishi.

1220-yil 7-10-fevral – Mo’g’ullar istilosi davrida Buxoro mudofaasi.

1220-yil mart – Mo’g’ullar istilosi davrida Samarqand mudofaasi. Shaharning mo’g’ullar tomonidan egallanishi.

1220-yil aprel – Xo’jand mudofaasi; Temur Malik jasorati.

1220-yil dekabr – Muhammad Xorazmshohning Chingizxon ta’qibidan qochib Kaspiy dengizidagi Ashur orolida vafot etishi.

1220-1231-yillar – Xorazmshohlar davlatining so’nggi hukmdori Jaloliddin Manguberdining hukmronlik davri va mo’g’ullarga qarshi kurashi.

1221-yil 5-fevral – Marv shahrining mo’g’ullar tomonidan olinishi.

1221-yil – Chingizxon qo’shinlari Ko’hna Urganchni qamal qilishi (Urganch mudofaasi) va bosib olishi.

1221-yil – Jaloliddin Manguberdining Qandahor, Valiyon qal’asi, Niso, Chorikorda bo’lgan janglarda mo’g’ullarga zarba berishi.

1221-yil – Jaloliddin Manguberdi va Chingizxon qo’shinlari o’rtasida bo’lgan mashhur Parvon jangi va unda mo’g’ullarning mag’lubiyatga uchrashi.

1221-yil 24-26-noyabr – Jaloliddin Manguberdi va Chingizxon qo’shinlari o’rtasida Sind daryosi bo’yidagi jang.

1222-yil – Jaloliddin Manguberdining Shimoliy Hindsitonga yurishi.

1224-1370-yillar – Movarounnahrda chig’atoiylar sulolasi. Chig’atoy ulusi mavjud bo’lgan davr.

1225-yil-1227-yillar – Jaloliddin Manguberdining Iroq va Kavkazga yurishi; Isfahonda mo’g’ullarni tor-mor qilinishi.

1225-1238-yillar – Movarounnahrda Mahmud Yalavoch noibligi.

1230-yil 10-avgust – Jaloliddin Manguberdining Ko’niya sultoni Alouddin Kayqubod bosh bo’lgan ittifoqchilar qo’shinidan Arzinjon yaqinidagi Yassi Chaman tekisligida bo’lgan jangdagi mag’lubiyati.

1231-yil 20-avgust – Jaloliddin Manguberdining halok bo’lishi. Xorazmshohlar – anushteginiylar sulolasining tugatilishi.

1233-yil oktabr – Mo’g’ullar qo’lida tutqunlikda bo’lgan Turkon xotun (xorazmshoh Muhammadning onasi) xor-zorlikda o’lgan.

1236-yil – Botuxon Oltin O’rda davlatini barpo etdi.

1237-1246-yillar – Xorazmiylar qo’shinining Yaqin Sharqdagi siyosiy voqealarga faol aralashuvi.

1238-yil – Buxoroda mo’g’ullar zulmiga qarshi Mahmud Torobiy boshchiligida ko’tarilgan xalq qo’zg’oloni.

1239-1289-yillar – Chig’atoy ulusida Mas’ud Yalavochning noibligi.

1247-1326-yillar – Shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmud yashagan.

1258-1324-yillar – Usmonlilar sulolasi va Usmonli turk sultonligining asoschisi Usmon G’oziy yashagan.

1266-yil – Movarounnahrga jaloir va barlos qabilalarining ko’chirilishi.

1269-yil – Chig’atoiylardan Baroqxonni Xurosonga yurishi va elxon Abaqaxon bilan jangi.

1269-yil – Talas vodiysida Chig’atoy ulusi xoni Kaydu qurultoy chaqirgan.

1273-yil – Hulokuiylar tomonidan Kesh, Naxshab va Buxoroning talon-taroj qilinib, vayron etilishi, Buxorodagi yong’in.

1299-1922-yillar – Usmonli Turk sultonligi faoliyat ko’rsatgan davr.

1312-1342-yillar – Oltin O’rdada O’zbekxon hukmronligi davri.

1318-1389-yillar – Naqshbandiya tariqatining asoschisi, mashhur mutasavvif Bahouddin Naqshband faoliyat ko’rsatgan davr.

1318-1326-yillar – Movarounnahrda chig’atoiylardan Kepakxon hukmronligi davri.

1320-1330-yillar – Ko’hna Urganchda Najmiddin Kubro maqbarasi qurilgan.

1322-1392-yil 12-avgust – Qomusiy olim Muhammad ibn Umar Sa’diddin Taftazoniy yashagan.

1333-yil – arab sayyohi Ibn Battutaning O’rta Osiyoga sayohati.

1333-yil – Ko’hna Urganchda To’rabekxonim maqbaraasi qurilgan.

1336-yil 9-aprel-1405-yil 18-fevral – Sohibqiron Amir Temur faoliyat ko’rsatgan davr.

1338-1346-yil – Chig’atoy ulusi xoni Qozoqxon hukmronlik davri.

1346-1358-yillar – Amir Qazog’on hukmronligi.

1360-1361-yillar – Mo’g’uliston xoni Tug’luq Temurning Movarounnahrga hujumi.

XIV asr o’rtasi – Buxoroda Bayonqulixon maqbarasi qurilgan.

1360-1437-yillar – Matematik va astronom Qozizoda Rumiy yashagan.

1361-yil – Amir Temur-Kesh hokimi; Amir Temur bilan Amir Husaynning Tug’luq Temurga qarshi ittifoqi.

1362-yil – Amir Temur Seyistonda bo’lgan janglardan birida qo’li va oyog’idan jarohat olgach, Hirotdan g’arbidagi Arsaf cho’lida bir oy davolangan.

1365-yil 22-may – Amir Temur va Amir Husaynning Mo’g’uliston xoni Ilyosxo’ja bilan Chinoz atrofida to’qnashuvi (“Jangi loy”).

1365-yil – Ilyosxo’janing Samarqandni qamal qilishi; Samarqandda sarbadorlar qo’zg’oloni.

1366-yil – Amir Husayn – Movarounnahr xoni; Amir Husayn tomonidan sarbadorlar rahbarlarining qatl etilishi.

1366-1465-yillar – O’zbek shoiri Lutfiy yashagan.

1366-1370-yillar – Amir Temurning Amir Husaynga qarshi kurashi.

1370-yil 10-11-aprel – Amir Temurning Balxni egallashi va Movarounnahr taxtiga chiqishi. Temuriyla davlati hukmronligining boshlanishi.

1370-yil iyun – Samarqandda qurultoy chaqirilishi.

1370-1405-yillar – Amir Temurning hukmronlik davri.

1370-1507-yillar – Temuriylar sulolasining hukmronlik davri. Markazlashgan davlat tepasidagi temuriyl hukmdorlar: Amir Temur (1370-1405), Shohrux ibn Temur (1409-1447), Ulug’bek ibn Shohrux (1447-1449), Abu Said ibn Sulton Muhammad (1457-1469). Movarounnahrda (poytaxti Samarqand): Xalil Sulton (1405-1409), Ulug’bek (1409-1449), Abdullatif (1449-1450), Abdulloh Mirzo (1450-1451), Abu Said ibn Sulton Muhammad (1451-1469), Sulton Ahmad ibn Abu Said (1494-1496), Boysung’ur (1496, 1497), Sulton Ali ibn Sulton Mahmud (1498-1500). Xurosonda (poytaxti Hirot): Shohrux (1396-1447), Ulug’bek (1447-1449), Abulqosim Bobur (1449-1457), Shoh Mahmud Mirzo (1457), Abu Said ibn Sulton Muhammad (1457-1469), Yodgor Mirzo (1469), Sulton Husayn Boyqaro (1469-1506), Badiuzzamon ibn Sulton Husayn Boyqaro va Muzaffar Mirzo (1506-1507).

1370-1388-yillar – Movarounnahrda chingiziylardan “soxta xon” Suyurg’atmishxonning hukmronlik davri.

1371-1390-yillar – Sohibqironning Mo’g’uliston xoni Qamariddinga qarshi 7 marta yurishi.

1372-yil – Oltin O’rdaning parchalanishi; Amir Temurning Xorazmga yurishi va Katning olinishi; Xorazm hokimi Husayn So’fining o’limi; Shohizinda ansambli tarkibidagi Turkon og’o maqbarasi qurilgan.

1373-1380-yillar – Xorazmda Husayn So’fining ukasi Yusuf So’fining hukmronlik davri.

1374-yil – Janubiy Xorazmning Amir Temur davlati tarkibiga kirishi; Muhammad Jahongirning Oltin O’rda xoni O’zbekxonning nevarasi Xonzoda begimga uylanishi. Bu nikohdan keyinchalik Amir Temurning valiahdi Muhammad Sulton tug’ilgan.

1375-yil bahor – Amir Temurning Jetga yurishi va Dilshod oqaga uylanishi.

1376-yil dekabr – Amir Temurning Jetaga yurishi; To’xtamishning Oltin O’rdadan uning himoyasiga kelishi; Amir Temurning Oltin O’rdaga O’rusxonga qarshi yurishi; O’rusxonning o’limi; Xorazm hukmdori Yusuf So’fining Buxoroga hujumi.

1377-yil 20-avgust-1447-yil 19-mart – Temuriylardan Shohrux Mirzo yashagan va faoliyat ko’rsatgan davr.

1377-yil – Amir Temurning Jo’ji ulusi (Oltin O’rda)ga yurishidan Samarqandga g’alaba bilan qayishi; Amir Temurning Tuman og’oga uylanishi.

1378-yil – To’xtamishxonning Oltin O’rdada Amir Temur yordamida taxtga o’tirishi; Amir Temur Samarqandning g’arbida suyukli xotini Tuman og’o (Xayrunniso)ga atab Bog’i Behisht (Jannat bog’i)ni bunyod etgan.

1378-1404-yillar – Samarqand shahri va atrofida Amir Temur bog’lari qurilgan.

1379-yil yanvar-fevral – Xorazmning Amir Temur davlati tarkibiga kiritilishi.

1379-1380-yillar – Shahrisabzdagi Dor us-Siyodat (“Sayyidlar uyi”) maqbarasi Amir Temur tomonidan qurdirilgan.

1380-1404-yillar – Shahrisabzda Amir Temur tomonidan Oqsaroy qurdirilgan.

1380-yil – Shohizinda tarkibidagi Usta Ali maqbarasi qurilgan.

1381-yil – Amir Temurning Xurosonga harbiy yurishlari, Hirot, Saraxs, Jom va Qavsiyani olinishi; Amir Temurning Sabzavorda sarbadorlar davlatini tugatishi; Kurtlar sulolasining tugatilishi.

1382-yil – Tus Qalot shaharlarining Amir Temur tomonidan olinishi.

1383-yil – Amir Temurning butun Xuroson va Mozandaronni bo’ysundirishi; Jetaga qo’shin yuborilishi; Fors hukmdori Shoh Shujo’ elchilarining kelishi va Forsga elchilar yuborilishi; Amir Temurning xotini Dilshod oqaning va opasi Qutluq Turkon oqaning vafoti.

1386-1388-yillar – Amir Temurning “uch yillik” harbiy yurishlari (Eron, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston); To’xtamishxon qo’shinlarining Tabrizni egallashi; Amir Temurning To’xtamishxonni Darband ortiga quvib yuborilishi.

1387-yil – Amir Temur qo’shinlari tomonidan Isfahonning olinishi.

1388-yil yanvar – Amir Temurning Iroqi Arab va Forsga yurishi va Sherozning olinishi; To’xtamishning Movarounnahrga bostirib kirishi; Anqa To’raning Jetadan kelib Sayram va Toshkentga hujum qilishi.

1388-1404-yillar – Movarounnahrda chingiziylardan “soxta xon” Sulton Mahmudxonning hukmronlik davri.

1388-1450-yillar – Arab tarixchisi, “Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari” asari bilan tanilgan Ibn Arabshoh yashagan.

1389-yil – To’xtamishxonning Dizak (Jizzax)ning Achchiq mavzeida tor-mor qilinishi.

1389-1395-yillar – Turkistonda Amir Temur tomonidan Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi qurdirilgan.

1390-yil bahor – Jetaga yurish qilgan Amir Temur qo’shinlarining g’alaba bilan qaytishi.

1390-yil noyabr-dekabr – Amir Temurning Toshkentda qishlashi.

1391-yil 8-aprel – Amir Temurning Ulug’tog’da qurdirgan minorasida arab va qadimgi uyg’ur yozuvida bitik yozdirilishi.

1391yil 18-iyun – Amir Temur qo’shinlarining Qunduzcha maskanida To’xtamishxonning quvib yetishi va Qunduzcha jangida g’alabasi. To’xtamishxonning Litvaga qochishi.

1392-1396-yillar – Amir Temurning “besh yillik” harbiy yurishlari.

1393-yil 22-avgust – Amir Temurning Bag’dodni olishi.

1394-yil 22-mart-1449-yil 27-oktabr – Amir Temurning nevarasi Mirzo Ulug’bek yashagan va faoliyat ko’rsatgan davr.

1395-yil 15-17-aprel – Amir Temur va Oltin O’rda (Dashti Qipchoq) hukmdori To’xtamishxon qo’shinlari o’rtasida Shimoliy Kavkazdagi Terek daryosi bo’yida sodir bo’lgan jang. Bu jangda Amir Temur qo’shini g’alaba qilgan.

1397-yil – Amir Temur nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab Samarqand g’arbida Bog’i Shamolni bunyod etgan; Amir Temur xotinlaridan biri To’kalxonim sharafiga Samarqanddan 5 km sharqida Bog’i Dilkusho bunyod etilgan.

1397-1398-yillar – Amir Temur davrida Samarqanddagi Bog’i Dilkusho o’rtasida Ishratxona nomli ko’shk qurilgan.

1398-yil may-1399-yil mart – Amir Temurning Hindistonga yurishi.

1398-yil 17-dekabr – Dehli yaqinidagi Panipat yalangligida Amir Temur qo’shini bilan Dehli sultoni Sulton Mahmudxon qo’shini o’rtasida shiddatli jang sodir bo’lgan. Bu jangda ham Amir Temur qo’shini g’alaba qilgan.

1398-yil Samarqanddan 7 farsax (42 km) narida, Zarafshon tog’i etagida Amir Temur Bog’i Jahonnamoni qurdirgan.

1399-1404-yillar – Amir Temurning “yetti yillik” harbiy yurishlari.

1399-1404-yillar – Samarqandda Bibixonim Jome masjidi qurilgan.

XIV asrning 2-yarmi – Samarqnad miniatyura maktabi tashkil topgan.

XIV asr – Buxoroda Abdurahmon Vali maqbarasi qurilgan.

XIV asr – Xivadagi Ichan qal’ada Said Aloviddin maqbarasi qurilgan.

XIV asr oxiri – Toshkent yaqinida Zangiota maqbarasining qurilishi.

XIV asr oxiri – Samarqandda Amir Burunduq maqbarasi qurilgan.

XIV asr oxiri-1405-yil – Amir Temur maqbarasi (Go’ri Amir) qurilgan.

XIV asr oxiri – No’g’oy xonligi tashkil topgan.

1401-yil yanvar-mart – Damashqda Sohibqiron Amir Temur bilan buyuk arab olimi Ibn Xaldun (1332-1406) o’rtasida o’zaro uchrashuvlar va muloqotlar bo’lgan.

1401-1404-yillar – Nizomiddin Shomiy tomonidan Amir Temur davlati tarixiga bag’ishlangan “Zafarnoma” asari yozilgan.

1402-yil 20-iyul – Anqara jangi, Amir Temur bilan usmonli turk sultoni Boyazid Yildirim qo’shinlari o’rtasida bo’lib o’tgan ulkan jangda Amir Temur qo’shinining g’alabasi.

1403-yil – Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixoning Samarqandga tashrif buyurishi.

1403-1474-yillar – Mashhur astronom, matematik Ali Qushchi yashagan.

1404-yil – Amir Temur Samarqandning janubida Bog’i Navni qurdirgan; Amir Temur Samarqandning sharqida Bog’i Chinorni barpo etgan.

1404-1490-yillar – Naqshbandiya tariqati rahnamolaridan, o’z zamonida “Valiy” deb e’tirof etilgan buyuk mutafakkir Xoja Ahror yashagan.

1405-yil 1-mart – Hirotda Shohrux nomiga xutba o’qilishi.

1405-18-mart – Samarqandda Xalil Sulton taxtni egallashi.

1406-yil – Oltin O’rda va No’g’ay O’rda xoni Idiquning Xorazmga yurish qilishi.

1406-1409-yillar – Shohrux va Xalil Sulton o’rtasidagi to’qnashuvlar.

1409-yil may – Shohruxning Samarqandni olishi, Ulug’bekning Movarounnahr taxtiga o’tirishi.

1409-1447-yillar – Shohrux hukmronligi.

1409-1449-yillar – Samarqandda Ulug’bek hukmronligi.

1409-yil 20-mart – Shohrux Boysunqur Mirzogaa tab Hirotning shimoli-sharqida qurdirgan Bog’i Safedning tantanali ochilishi.

1413-yil 7-noyabr-1482-yil – Mashhur sayyoh, elchi va tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy faoliyat ko’rsatgan.

1414-1492-yillar – Fors-tojik shoiri, naqshbandiya sulukining yirik vakili Abdurahmon Jomiy yashagan.

XV asr boshlari – Zangiota majmuasiga qurilgan Anbar bibi maqbarasi.

1417-yil – Buxoroda Ulug’bek madrasasi qurilgan.

1417-1422-yillar – Samarqandda Ulug’bek madrasasi qurilgan.

1418-1438-yillar – Hirotda Gavharshod begim tomonidan masjid, madrasa va maqbara (Gavharshod begimning o’zi va o’g’li Boysung’ur Mirzo dafn etilgan) qurilgan.

1419-1425-yillar – Sharafiddin Ali Yazdiy tomonidan Amir Temur davlati tarixiga bag’ishlab “Zafarnoma” asari yozilgan.

1424-1428-yillar – Samarqandning Ko’hak (Cho’ponota) tepaligida Ulug’bek rasadxonasi qurilgan.

1425-yil – Ulug’bekning Yettisuvida Mo’g’uliston xoni Shermuhammad o’g’lon ustidan g’alabasi.

1427-yil – Baroq o’g’loq boshliq ko’chmanchi o’zbeklar qo’shinining Ulug’bek qo’shini ustidan g’alabasi.

1428-1468-yillar – O’zbek ulusi xoni Abulxayrxonning hukmronlik davri.

1429-yillar – Samarqandda Ulug’bek tomonidan “Dor ul-ilm” – Samarqand akademiyasiga asos solinishi.

1433-yil – G’ijduvonda Ulug’bek madrasasi qurilgan.

1434-1435-yillar – Shahrisabzda Ko’k gumbaz masjidining qurilishi.

1437-yil – Ulug’bekning “Ziji Ko’ragoniy” ilmiy asari yaratilishi.

1437-1438-yillar – Shahrisabzda Ulug’bek tomonidan Gumbazi Sayidon maqbarasi qurilgan.

1441-yil 9-fevral-1501-yil 3-yanvar – Buyuk o’zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy yashagan yillar.

1446-yil – Abulxayrxon Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan shaharlar – Sig’noq, Oqqo’rg’on, Arquq. O’zgan va So’zoqni bosib oladi. O’z davlatining poytaxtini Turadan Sig’noqqa ko’chirdi.

1447-yil – Abulxayrxon Samarqand atrofini talab kelgan.

1449-yil 27-oktabr – Ulug’bekning Samarqand yaqinida fojiali o’ldirilishi.

XV asrning 1-yarmi – Toshkentdagi Shayx Xovandi Tohur majmuasi tarkibidagi Qaldirg’ochbiy maqbarasi qurilgan.

1449-1457-yillar – Temuriylardan Abulqosim Bobur Xuroson hukmdori bo’lgan.

XV asr – Abdilberun xonaqohi-Samarqand qal’a devorining janubida qurilgan me’moriy majmua.

XV asr – Abdidarun majmuasi-Samarqand qal’a devorining sharqiy tomonida qurilgan qadimgi ziyoratgoh.

XV asrning 70-yillari – Abu Nasr Porso qabri ustiga qurilgan yodgorlik.

1450-yil 8-may – Samarqandda Bobo Husayn bahodir tomonidan padarkush Abdullatifning o’ldirilishi.

1450-1451-yillar – Samarqandda Abdullo Mirzo hukmronligi.

1451-yil yozi – Samarqand yaqinidagi Sheroz qishlog’i yonida Abulxayrxon qo’shinlari Abdullo Mirzo qo’shinini yenggan. Bu jangda Abdullo Mirzo o’ldirilgan.

1451-yil – Toshkentda Xoja Ahror Jome masjidining qurilishi.

1451-yil – Abulxayrxon o’ziga xayrixoh bo’lgan Abu Said sultonga Samarqand taxtini egallashda yordam bergan.

1451-1469-yillar – Movarounnahrda (1457-yildan Xurosonda) temuriylardan Abu Said Mirzoning hukmronligi.

1451-1510-yillar – Mashhur davlat arbobi, shayboniylar sulolasining asoschisi Muhammad Shayboniyxon faoliyat ko’rsatgan davr.

1452-yil – Husayn Boyqaro Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur mirzo saroyiga xizmatga kirdi.

1453-yil – Ozarbayjonning qoraqo’yunlilardan bo’lgan hukmdori Jahonshoh Temuriylardan G’arbiy Eronni tortib olgan.

1454-yil – Abulqosim Boburning Samarqandga muvaffaqiyatsiz yurishi.

1455-yil-1536-yillar – Buyuk miniatyurachi musavvir, Sharq Uyg’onish davrining yetuk san’atkori Kamoliddin Behzod yashagan.

1455-1535-yillar – “Shayboniynoma” asari muallifi tarixchi olim va shoir Muhammad Solih yashagan davr.

1456-yil – Boburning otasi Umarshayx Mirzo Samarqandda tug’ilgan.

1457-yil – Abulqosim Boburning Mashhadda vafot etishi. Temuriylar davlatining Abu Said Mirzo qo’l ostida birlashishi.

1457-yil – Husayn Boyqaro mamlakat siyosiy hayotida qatnasha boshlagan.

1464-1467-yillar – Xorazmda Amir Nursaidbek hokimligi.

1466-1469-yillar – Alisher Navoiyning Samarqandda o’qigan yillari.

1468-yil – Abulxayrxonning vafoti va Dashti Qipchoqdagi O’zbek ulusi davlatining inqirozi.

1469-yil – Abu Said Mirzoning oqqo’yunlilardan Uzun Hasan bilan bo’lgan jangda halok bo’lishi.

1469-1494-yillar – Movarounnahrda Sulton Ahmad Mirzo hukmronligi.

1469-yil 24-mart-1506-yil 5-may – Husayn Boyqaroning Xuroson taxtida hukmronlik davri.

1473-yil qishi – Yodgorxon boshliq ko’chmanchi o’zbeklar bilan Mo’g’uliston xoni Yunusxon qo’shini o’rtasida Sirdaryo bo’yidagi Qoratu mavzeida jang sodir bo’lgan.

1475-1535-yillar – Tarixchi Xondamir yashagan davr.

1480-yil – Dashti Qipchoqda Shayboniyxon hokimiyat tepasiga kelgan.

1480-1485-yillar – Muhammad Shayboniyxon tomonidan O’zbek ulusi (ko’chmanchi o’zbeklar davlati)ning tiklanishi.

1483-1485-yillar – Alisher Navoiy “Xamsa” asarining yaratilishi davri.

1483-yil 14-fevral-1530-yil 26-dekabr – Buyuk shoir, tarixchi, davlat arbobi, boburiylar sulolasining asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur faoliyat ko’rsatgan davr.

1485-1487-yillar – Toshkent hokimi Yunusxonning hukmronlik davri.

1486-yil iyun – Muhammad Shayboniyxonning Xorazmga 1-yurishi.

1491-1496-yillar – Alisher Navoiyning “Xazoin ul-maoniy” (“Chor devon”) asariga tartib berishi.

1493-1563-yillar – Abdullaxon II ning piri shayx Muhammad Islom yashagan yillar.

1494-yil – Umarshayx Mirzo vafoti va Boburning Farg’ona taxtiga o’tirishi.

1494-1496-yillar – Temuriylardan Movarounnahr hukmdori Sulton Muhammad Mirzoning hukmronlik davri. Undan so’ng o’g’li Boysung’ur 1496-1497-yillarda qisqa muddat Samarqand taxtini idora etgan.

1498-1500-yillar – Temuriylardan Movarounnahr hukmdori Sulton Ali Mirzoning hukmronlik davri.

1499-yil – Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrga yurishi.

1499-1500-yillar – Boburning Samarqandga yurishlari.

1500-yil 29-may – Muhammad Shayboniyxon qo’shini temuriylarga qarshi Boqi Tarxon qo’shinini Dabusiya qal’asi yonida tor-mor qilishi.

1500-yil iyul – Boburning Samarqandni egallashi.

1500-yil – Muhammad Shayboniyxonning Samarqandni olishi.

XVI asr – Buxoro viloyatiga Bahouddin majmuasi qurilgan