Riyoziy Imomuddin
Riyoziy Imomuddin (? — Samarqand — 1479) — shoir, xattot va hofiz. Samarqand madrasalaridan birida tahsil ko’rgan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. Riyoziy haqida ma’lumot, she’rlaridan namunalar “Majolis un nafois”da uchraydi. Riyoziy yoshligidan she’riyatga qiziqqan, salaflari ijodini qunt bilan o’rgangan. Ilmi musiqiy, ilmi nujum va boshqa fanlar bilan ham shug’ullangan. Mumtoz adabiyotning an’anaviy janrlarida turli mavzularda she’rlar yozgan. Navoiy Riyoziy bilan bir necha bor suhbatda bo’lgan va ijodiga yuqori baho bergan. Navoiyning yozishicha, u g’azallar yozish bilan birga xattot, shuningdek, Qur’onni ham yetti qiroat bilan o’qiy oladigan Hofiz bo’lgan. Hozirgacha Riyoziyning 89 g’azali, 3 qit’asi, 1 ruboiy va 8 fardi aniqlangan. Devonlarining 12 nusxasi London, Bangola, Sankt-Peterburg, Dushanba, Tbilisi fondlarida saqlanadi. Ad.:Alisher Navoiy, Majolis un nafois, T., 1961.