Rogovik

Rogovik – magmatik massalarning yumshoq jinslarga ta’sir qilishidan hosil bo’lgan kontaktli-metamorf tog’ jinsi. Rogovik tarkibiga kvarts, qora slyuda, granat, dala shpatlari, andaluzit, sillimanit va boshqa minerallar kiradi. Ohak-silikatli rogoviklarda piroksenlar, vollastonitlar, kaltsiylar bo’ladi. Mustahkam chaqiq tosh olishda xom ashyo sifatida qo’llaniladi. Rogovikning birikishi hamda qotishi kaltsiy silikatlari va alyuminatlarini gidratsiyalash bilan shartlanadi.