Rojdestvo oroli
Rojdestvo oroli — 1) Hind okeanining Sharqiy qismidagi orol, Avstraliya Ittifoqi boshqaruvi ostida. Maydoni 156 km2. Eng baland joyi 356 metr. Tropik o’simliklar o’sadi. Fosfat konlari bor; 2) tinch okeandagi yirik atollardan biri, layn orollari guruhida, Kiribati hududi. Maydoni 395 km2. Kokos palmasi plantasiyalari bor. Dengizdan marvarid olinadi. Orolni 1777 yilda J. Kuk kashf qilgan.