Rok-n-roll

Rok-n-roll (inglizcha rock and roll — chayqal va aylan) — ommabop musiqa janri, rok musiqaning ilk shakli. 1950-yillarda AQShning turli milliy an’analari negizida yuzaga kelgan. Unda shaharda yashovchi qora tanli aholi orasida ommalashgan ritmendblyuz (raketa moslashtirilgan blyuz), kantriendvestern (fermerlar folklori), bugivugi va boshqa uslublar o’zaro tutashgan. Rok-n-roll o’zining ehtirosli ohanglari, jo’shqin usullari, yangi va erkin raqs (ayniqsa, bel va tizza) harakatlari bilan tez orada yoshlarni o’ziga jalb qilib, yoshlar musiqasiga asos solDi. Rok-n-roll asosida 1950-60 yillarda yangi (Tvist, Sheyk, Medison va boshqalar) raqslar yuzaga kelgan. Rok-n-rollning taniqli ijrochilari: E. Presli; “Bitlz” guruhi va boshqalar. O’zbekistonda 1960-70 yillarda VIA (Masalan, “Navo”, “Yalla” va boshqa guruh)lar ijodidan o’rin olgan.