Rok opera
Rok opera — musiqali teatr janri. 1960-yillarda myuzikl hamda rok musiqannig ifodaviy vositalari negizida yuzaga kelgan (“sochlar”, G. Makdermot, 1967; “Qutulish”, T.Lin, 1969 va boshqalar). Unda operaga xos ariya, xor, uvertyura kabi shakllar, shuningdek, monolog, dialog, zamonaviy raqs, yoritish vositalari hamda ovoz chiqarish elektron moslamalari keng qo’llaniladi. Ijroda simfonik orkestr hamda rok ansambl cholg’ulari qatnashadi. Rok operada ko’pincha mifologik (diniy), tarixiy mavzular zamonaviy talqinda namoyon bo’ladi (masalan, “Iso Masih — super yulduz”, E.L. Uebber, 1971). A. Jurbinning “Orfey va Evridika”, A. Ribnikovning “Yunona va Avos” Rok operalari O’zbekistonda namoyish etilgan.