Romitan qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Romitan qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Buxoro oblastining Romitan raoyonida. Romiton eng qadimgi aholi yashaydigan punktlaridan biri bo’lib, uni Buxorodan ham qadimiyroq deb hisoblaydilar. V.V.Bartoldning yozishicha, Buxoro shahri barpo qilinguncha Buxoro o’lkasi hokimlarining rezidentsiyasi shu Romitonda bo’lgan. Romitonni go’yo afsonaviy Afrosiyob barpo qilgan emish. Romiton toponimining etimologiyasi haqida “Buxoro tarixi”da shunday afsona keltiriladi: “Afrosiyobning bir qizi bo’lib, uning doimo boshi og’rir ekan. Romtin (Romitob)ga kelgach, bu yerning havosi muvofiq kelib, darddan xalos bo’ldi va bu joyga Oromitan “tan oromi” deb nom qo’yildi. Oddiy xalq esa uni Romtin degan. L.S.Tolstova Romiton toponimining birinchi komponenti Ro – forscha rax “yo’l” so’zi bilan aloqdor bo’lsa kerak, degan fikrni bildiradi. Romiton uning fikricha, Rihimitan, ya’ni “mitan qabilasining yo’li” degan ma’nodadir. Toponimning ikkinchi qismi etnik nom bo’lmay, balki o’rta fors tiliga mansub Matean – “yashash joyi, uy, qishloq” so’zi bilan aloqdor bo’lishi mumkin. Romiton – “yo’l ustidagi qishloq” ma’nosini anglatadi.

Leave a Reply