Romitaniy Xoja Ali
Romitaniy Xoja Ali, Xojai Azizon (13-asr o’rtalari — Romitan tumani Qo’rg’on qishlog’i — 1316/1321) — Xojagonaqshbandiya tariqati vakili. To’quvchilik bilan mashg’ul bo’lgan. Xorazmda bir muddat yashab, xonaqo ochgan va xojagoniyani mazkur hududda tarqatgan. Sufiylik yo’lidagi ustozi Maxmud Anjirfag’naviydir. O’z navbatida, Romitaniy Xoja Muhammad Boboyi Samosiynmng ustozi hisoblanadi. Bizgacha “Manoqibi Xoja Ali Azizon Romitaniy” asari yetib kelgan. Asarda Romitaniyning tasavvuf axlining axloq-odobi, xojagon tariqati qonun-qoidalari bilan bog’liq qarashlari, pand-nasihatlari jamlangan. Xojagonlik tariqatining 10 sharti bayon qilingan “Risolai Hazrati Azizon” nomli kichik hajmli asar ham Romitaniyga nisbat beriladi. Romitaniy Saribo’ston qishlog’i (Qo’rgon qishlog’i yaqini)da dafn etilgan. Qabri ustida maqbara qurilgan, u mustaqillik davrida ta’mirlangan. Romitaniy qabri ziyoratgoh hisoblanadi.