Romul
Romul (Romulus) — Rim rivoyatiga ko’ra, Rim shahri asoschisi va 1-podshosi (miloddan avvalgi 754/753 — 717/716). Afsonaga binoan, kohin ayol Reya Silviya va urush xudosi Marsdan tugilgan Romul va uning egizak ukasi Remni ona bo’ri emizib, cho’pon tarbiya qilgan. Rim Senatini ta’sis etish va aholini tabaqalarga — kuriyalarga bo’lish, qo’shin tashkil etish, Rim fuqarolarini patrisiylarta va Plebeylarga ajratish Romul tomonidan ishlab chiqilgan.