Ross shelf muzligi

Ross shelf muzligi — G’arbiy Antarktidagi eng katta shelf muzligi, Meri Berd yeri bilan Viktoriya Yeri oralig’ida. Janubdan shimolga 850 kilometr, sharqdan g’arbga 900 kilometr masofaga cho’zilgan. Maydoni 500 ming km2 dan ortiq (yillar davomida o’zgarib turadi). Dengiz sathidan balandligi 30-100 metr, muzning qalinligi o’rta qismida 700 metrgacha. Ross shelf muzligiga Birdmor, Berd va boshqa vodiy muzliklari kelib tutashadi. Shimolda Ross dengiziga tiktushgan. 1841 yilda J.K. Ross boshliq ingliz ekspeditsiyasi tomonidan kashf qilingan.