Rossini Joakkino Antonio
Rossini Joakkino Antonio (1732.29.2, Italiyadagi Pezaro shahri — 1868.13.11, Passi, Parij yaqinida) — italyan kompozitori. 14 yoshidan ijod bilan shug’ullangan. Uning kompozitorlik faoliyati 19-asr italyan mumtoz operasi rivojini boshlab berdi. U 39 ta opera, diniy mavzudagi asarlar, simfoniya, kamercholg’u pyesalar, romanslar va boshqa asarlar yaratgan. Ijodiy uslubi rang-barang, o’ziga xos kuylar boyligi, musiqiy obrazlar yorqinligi bilan ajralib turadi. Buff operaning yuksak namunasi — “Sevilya sartaroshi” (1816) da Rossinining musiqaviy komediyaga xos iste’dodi to’la namoyon bo’ldi. “Tankred” (1813), “Otello” (1816), “o’g’ri hakka” (1817), “Vilgelm Tell” (1829) operalarida o’z xalqining qahramonlik, vatanparvarlik, romantik intilishlari yorqin ifodasini topgan. Italiya operasi an’analariga rioya qilib, Sharq mavzulariga ekzotik, ba’zan Oriental uslublarda yondashgan va “italyan qizi Jazoirda” (1813), “Turk Italiyada” (1814) kabi hajviy, “Moisey Misrda” (1818), “Magomedp” (1820) singari jiddiy (seria) operalar ham yaratgan.