Rostverk

Rostverk – 1) poydevor qoziqlarini birlashtiruvchi qurilma; 2) qoziq poydevorning beton yoki temir-beton plita yoxud to’sin ko’rinishidagi, qoziqlarga yuklanishni bir maromda taqsimlash uchun ularni bir butun tizimga birlashtirishga xizmat qiladigan yuqori qism konstruksiyasi.