Rotonda

Rotonda (lotincha rotundus — yumaloq) — aylana shaklidagi inshoot [bino, pavilon (ko’shk), zal, shiypon, ayvoncha va hokazolar]. Odatda, tomi gumbazli qilib bekiladi, perimetr bo’yicha kolonnalardan tiklanadi. Yunoniston va qadimgi Rimning ba’zi ibodatxona va maqbaralari Rotonda shaklida qurilgan. O’rta asrlar va Uyg’onish davri me’morligida ham uchraydi. Keyinchalik boshqa mamlakatlar me’morligida ham tarqalgan. O’zbekistonda Alisher Navoiy, al-Farg’oniy, Shahidlar xotirasi yodgorliklari va boshqa me’moriy inshootlarda Rotonda uslubi qo’llangan.