Rujichka (Ruzicka) Leopold (Lavoslav) Stefan

Rujichka (Ruzicka) Leopold (Lavoslav) Stefan (1887.13.9 — Vukovar, Yugoslaviya — 1976.26.9) — Shveytsariyalik organik-kimyogar. 1912-25 va 1929— 57 yillarda Syurixdagi Oliy texnika maktabida ishlagan. Utrext universiteti (Gollandiya) professor (1929). Asosiy ilmiy ishlari alisiklik (polimetilen), xususan, terpenoid birikmalarning tuzilishi va biosintezini o’rganishga oid. Halqasida 8 tadan 34 tagacha uglerod atomlari tutgan alisiklik ketonlarni sintez qilgan (1920-34). Santonin (1930) va abietin kislotaning (1932) tuzilishini aniqlagan. Ilk bor xolesterin asosida androsteron (1934) va testosteron (1935, A.F. Butenandt bilan bir vaqtda) gormonlarini sintez qilgan. Nobel mukofoti laureati (1939).