Rusanov Fyodor Nikolayevich
Rusanov Fyodor Nikolayevich (1895.25.5, Chelyabinsk uezdi — 1979, Toshkent) — botanik olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1966), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1965), biologiya fanlari Doktori (1944), professor (1955). Omsk qishloq xo’jalik institutini tugatgan (1927). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi botanika bog’i asoschisi va direktori (1943-76), 1976 yildan ilmiy konsultant. Ilmiy ishlari Ustyurt, Mang’ishloq, Muyunqum, Qizilqum, Chulli vodiylarining florasi, o’simliklar qoplami va xom ashyosini o’rganishga bag’ishlangan. Rusanov ma’lum iqlim sharoitida o’sadigan o’simliklarni iklimi boshqacha joyda o’stirish (introduktsiya) va iqlimlashtirish usullarini ishlab chiqqan. “Turkum kompleksi” va “Umumflora introduktsiyasi” usuli shular jumlasidandir. Rusanov chatishtirish yo’li bilan gibiskus, gokk, piramidasimon dub singari manzarali o’simlik navlarini yaratgan. Rusanov rahbarligida 14 jildli “O’zbekiston Dendrologiyasi”, “O’zbekiston introduktsiyasi” nomli 27 to’plam chop etilgan. As: Gruntovoe svetovodstvo v Uzbekistane, T., 1948; Ozelenenie v arxitekture gorodov Uzbekistana, T., 1951; gibridnie gibiskusi, T., 1965; Teoriya i opit pereseleniya rasteniy v usloviyax Uzbekistana, T., 1974.