Rusinov Vladimir Alekseyevich

Rusinov Vladimir Alekseyevich (1925.12.2, Rostov viloyati) — aktyor. O’zbekiston xalq artisti (1985). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1950). 195061 va 1963 yildan O’zbekiston rus akademik drama teatrida. 1961-63 yillar Polsha teatrida ishlagan. Rusinov keng diapazonli aktyor bo’lib, bu narsa unga komediyami, dramadami yoki fojiada rollarni ishonch bilan o’ynashiga keng yo’l ochib berdi. Andrey (“xayrli soatda”), Yakov, Alyosha, Aktyor (“So’nggilar”, “Tubanliqsa”), Gerostrat (“nomi o’chsin”), shoh Fyodor (“Shoh Fyodor Ioannovich”), Gaev, Sorin (“Olchazor”, “Chayka”), Qo’ziyev (“Shohi so’zana”), Rikkardo (“Filumena morturano”), Maxmud (“katta sevgi”), cho’pon, Mullado’st (“Maysaraning ishi”), Saidxon (“qonli sarob”), Jadov (“Serdaromad joy”), Kontrolyor (“o’ldir meni, jonginam!”) kabi rollari ijodida alohida o’rin tutadi. “El-yurt hurmati” ordeni (1998), “Shuhrat” medali (1995) bilan mukofotlangan.