Rustam Mehgar Yusufalizoda
Rustam Mehgar Yusufalizoda (1860 — Andijon — 1933) — sozanda (surnay), mehtar. Soz chalishni otasi Yusufali mehtardan va Buxorolik Hojimat mehtardan o’rgangan. Yoshligidan nog’ora, karnay va dutorda mashq qilgan bo’lsada, asosan, surnayda mohir ijrochi bo’lgan. Repertuaridan “Haqqoniy”, “Voy, joney”, “Layzongul”, “ko’cha bog’i”, “charx” kabi kuylar hamda o’nlab maqom yo’llari o’rin olgan. Andijon nog’oraxonasining mehtari ham bo’lgan. Rustam Mehgar ijrochilik an’analarini uning shogirdlari — Ashurali mehtar va o’g’li O. Rustamov davom ettirishgan.