Rustamov Husni Rustamovich
Rustamov Husni Rustamovich (1910.21.3, Toshkent) — kimyogar olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1967). Kimyo fanlari Doktori (1954), professor (1955). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1932). Urush qatnashchisi (1941-45). Toshkent Politexnika instituti fizik-kimyo kafedrasi mudiri (1945 — 86), profkonsultant (1987 yildan). Asosiy ilmiy ishlari kislotaasos katalitik reaktsiyalarining kinetikasi va mexanizmi hamda adsorbtsiya jarayonlarini o’rganishga oid. Rustamov metallarni ekstraktsiya va cho’ktirish yo’li bilan ajratish jarayoni muvozanati, kinetikasi va mexanizmini tekshirish natijasida kobalt, nikel va volframni turli qo’shimchalardan tozalash va ularni bir-biridan ajratish texnologiyalarini ishlab chiqdi. Maktab va oliy o’quv yurtlari uchun kimyodan darslik va qo’llanmalar muallifi. As: umumiy ximiya [darslik], 2-nashr, T., 1969; D.I.Mendeleyevning davriy qonuni va elementlar davriy sistemasi, T., 1969; fizik kimyo [darslik], T., 2000; Texnologik jarayonlarning fizik-kimyo- viy asoslari [darslik], T., 2001; fizik kimyodan masalalar va misollar to’plami. T., 2003.