Rustamov Odilbek
Rustamov Odilbek (1895 — Andijon — 1968) — sozanda (surnay, nog’ora), mehtar, Rustam mehtar Yusufalizodaning o’g’li. 1927-60 yillarda (turli vaqtlarda) Andijon teatrida ishlab, yosh xonanda, sozanda, raqqos(a)larga ta’lim bergan. Buzruk, Segoh, Dugoh, Iroq maqomlarining surnay yo’llarini, shuningdek, “Adoiy”, “Miskin”, “gul o’yin” kabi ommabop raqs kuylarini mahorat bilan ijro etgan. O’zbekiston radio qo’mitasi (1956) va San’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutida (1963) Rustamov ijrosida 70 dan ortiq kuy yozib olingan.