Ruzvelt (Roosevelt) Franklin Delano

Ruzvelt (Roosevelt) Franklin Delano (1882.30.1, Xaydpark, Nyu-York shtati — 1945.12.4, Uorlsprings, jorjiya shtati) — AQShning 32-prezidenti (1933-45). Demokratlar partiyasidan (4 marta prezidentlikka saylangan). Garvard va Kolumbiya untlarini tugatgan. Nyu-York shtati gubernatori (1928 yldan), huquqshunos. Ruzvelt ijtimoiy sohada mehnatkash omma manfaatini ko’zlab bir necha islohotlar o’tkazgan (“yangi kurs”). 2-jahon urushi boshlangach, fashistlar Germaniyasiga qarshi bo’lgan Buyuk Britaniya, Frantsiya va SSSR ni qo’llab-quvvatlash (1941 yil iyundan) tarafdori, gitlerchilarga qarshi koalitsiyani tuzishda muhim xissa qo’shgan. BMTni tuzishga va urushdan keying xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat bergan.