SABABI TA’LIF
SABABI TA’LIF (Arabcha — yozilish sababi) — badiiy ijodda uslub shakllaridan biri. Fors va turkiy xalqlar adabiyoti tarixida epik she’riy asarlarning boshi yoki oxirida kichik bob tarzida berilgan an’anaviy qism. Unda asarning yozilish sabablari bayon qilingan. Sababi ta’lif ba’zan “kitob nazm qilmoqqa sabab bayon agor” (qutb), “kitob nazmining sababi” (Durbek, Muhammad Solih), “Musannifning vasf ulholi” (Sayd Axmad) va boshqa tarzida ham nomlangan.