“Sab’ai sayyor”

“Sab’ai sayyor” (“etti say- yora”) — “Xamsa” (Alisher Navo- iy)ning to’rtinchi dostoni (1484), ishqiysarguzasht xarakterda. 37 bob (5000 baytdan oshiq). Sharkda keng tarqalgan “Bahrom go’r” afsonasi asosi- da. Afsona Eronning sosoniy hukmdori Chyaraxran V (420— 438 hukmronligi) nomi b-n bog’liq (Varaxran — dariycha Bahrom). U go’r— qulon oviga o’chligi uchun Bahrom go’r nomi b-n mashhur. Af- sonani yozma adabiyotga, dastlab Firdav- siy olib kirgan. So’ng Nizomiy, Xisrav Dexlaviy va b. shu mavzuda asarlar yoz- ganlar. Navoiy bu tajribalarni umum- lashtirib, mukammal original Doston yaratgan. Doston Sharqsa “Bahrom va Gu- landom”, “Bahromnoma”, “Haft manzari Bahrom” nomlari b-n Shuhrat qozongan. “S.s.”an’anaga ko’ra, hamd, Munojot va na’t b-n boshlangan, so’ng voqealar bayon etilgan. Mundarijasi “Xamsa”dagi boshqa dostonlardan farq qiladi; hikoya ichida hikoya usulida yozilgan. Bahrom va Dilorom voqeasi asarda qoliplovchi hikoya bo’lib, uning ichida yana 7 hikoya keltirilgan. Ular asarning umumiy yo’nalishi b-n chambarchas bog’lanib, yaxlit bir badiiy asarning uzviy qismlarini tashkil etadi. Ayni vaqtda hikoyaning har biri mustaqil hisoblanadi va mavzu- lar davrning, xalq turmushining muhim tomonlarini qamrab oladi; xalq hayoti, tinchlik va osoyishtalik, adolat va va- tanparvarlik, sevgi va ma’rifat g’oyalari ilgari suriladi, munofiklik va zolim- lik qoralanadi. Bahrom — 7 iqlim shohi. Ovda uni izlab kelayotgan Moniyni uchratadi. Mo- niy xitoylik go’zal Dilorom haqida xa- bar beradi, o’zi chizgan qizning suratini ko’rsatadi. Shoh suratni ko’rib telbalar- cha oshiq bo’ladi. Xitoyning 1 yillik XI – rojini to’lab, qizni saroyga keltiradi. Shoh qizga butunlay Mahliyo bo’lib, mam- lakat ishlarini unutadi. Mastlik b-n sevgilisidan ham ajraladi, so’ng uzlat- ga beriladi. Undagi savdoyilikni daf etmoq uchun 7 iqlim shohi 7 rangdagi 7 qasr qurdiradi. Baxrom ularning har bi- rida har kuni 1 musofirdan hikoya tin- glaydi, tuzala boshlaydi. Nihoyat 7-kun oq qasrda Diloromning daragini eshita- Di va uni topadi. Yana ovga, ayshishratga beriladi va navbatdagi ov paytida butun arkoni davlati b-n er yutadi. Navoiy Bahrom obraziga juda katta ma’no-mazmun yuklagan. Uning timso- lida oshiqlik va shohlikning bir tanga sig’masligini ko’rsatgan. Navoiy asar voqealarini Xurosonu Movarounnaxr hayoti b-n bog’lashga harakat qilib, qissaga turkona ruh bergan. “S.s.”voqealari, qahramonlarining xatti-harakatlari yuksak badiiy mahorat b-n tasvirlangan. Navoiydan so’ng og’zaki va yozma adabiyotda “S.s.”ning bir necha variantlari yaratil- Di [ Sayqaliy “Bahrom va Gulandom”, N. Tsisishvili “Bahromguriani” dostonla- ri; K.Yashin “mehr va Suhayl” musiqali dramasi, K. Yashin, M.Muhamedov “Di- lorom” operasi librettosi, G’aribiy (19-a.) “Shoh Bahrom va Dilorom”, Umar Boqiy “Qissai Haft manzari Bahrom”, Fozil Yo’ldosh o’g’li “Bahrom va Gulan- dom” va b.]. Nashri: Sab’ai sayyor, T., 1956, 1977. Begali Qosimov.