Sablukov Gordiy Semyonovich

Sablukov Gordiy Semyonovich (1804, Ufa yaqinida — 1880.29.1, Qozon) — rus sharqshunosi. Ruhoniy oilasida tug’ilgan. Orenburg diniy seminariyasi (1826) va Moskva diniy akademiyasi (1830)ni tugatgan. Sablukov Saratov diniy seminariyasi (1830-49) hamda Sharq va klassik tillar bo’yicha Qozon diniy akademiyasi (1849-62)da o’qituvchi. Sablukov Volgabo’yi, qipchokdar va Oltin O’rda tarixi, numizmatikasi, arxeologiyasi, etnografiyasiga oid asarlar muallifi. Qur’onni Arab tilidan rus tiliga tarjima qilgan va nashr ettirgan (1878). Abulg’oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarini ruschaga tarjima kilgan, 1906 yilda Qozonda chop etilgan. As: Prilojenie k perevodu Korana, Kazan, 1879, 1898.