SABR
SABR — g’am-kulfat, azob-musibatlarga chidash, toqat qilish; o’z ixtiyori bilan nafsni tiyish; qanoatli bo’lish. Islomda to’g’ri yo’ldan adashmasdan boorish uchun kishi o’z mayllarini so’ndirishi lozimligi ta’kidlanadi. Sabrli bo’lish musulmonlarning asosiy fazilatlaridan biri hisoblanadi. Qur’onning bir necha oyatlarida musulmonlarning Sabrli bo’lishiga da’vat bor. Hadislarda inson uchun Sabrdan yaxshiroq va ulug’roq ne’mat ato etilmagani bayon qilingan. Kishi og’ir paytda bardosh bilan, ne’mat etganida shukr va yaxshilik bilan Sabr qilishi kerak. Tasavvufda Sabr turlicha talqin etiladi.